Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlari 
Maxsus iqtisodiy qonunlar 
 
Davriy iqtisodiy qonunlar 
 
Umumiy iqtisodiy qonunlar 
 


34 
davrdan boshlab amal qilmoqda. Bir zamonlar kelib, ishlab chiqarishning tovar 
shaklidan boshqa shakliga o‘tilsa, bu qonunlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. 
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy 
jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy 
tushuncha)larni ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi. 
Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy 
jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-
nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab 
topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, 
ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, tovar, pul, bozor, kapital, ishchi kuchi, 
iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy 
qonunlar 
bilan 
iqtisodiy 
kategoriyalarning 
farqi 
shundaki, 
birinchisi 
iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning 
biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy 
kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning 
mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng 
avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni 
orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. 
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq 
bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini 
aks ettiradi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin