Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish. Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini chuqur
anglashi, u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning ichki tarkibiy
qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot obyektini
alohida tarkibiy qismlarga
ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun,
biz O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish sur’ati 2015 yilda o‘tgan yilga nisbatan 8
foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o‘sish sur’atiga nimalar hisobiga
erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali
erishamiz. Ya’ni, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va
xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha tarkibiy
qismlarini alohida ajratib olish va ularni o‘rganish orqali o‘sish sur’atining manba
va omillari, uni yanada oshirishning imkoniyatlari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqara
olamiz.
Sintez – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab
iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab
beriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan,
korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar
iqtisodiy faoliyatiga ularning faliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy
iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan
birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta’limot va
nazariyalarning ilmiy asosga ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan
holda, ularni umumlashtirish orqali yangi g‘oya va nazariyalarni hosil qilish
imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning mazmunini, uning
38
nimalar asosida shakllanishini ilmiy asosda ochib berishda qiymatning turli
nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanish buning yaqqol dalilidir.