Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1.
Umumiy iqtisodiy qonunlar
– kishilik jamiyati rivojlanishining barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelish qonuni va 
boshqalar. 
2.
Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar
– insoniyat jamiyati 
taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif 
qonuni va qiymat qonuni. Bu qonunlar tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan bir 
necha bosqichlarda amal qiladi. 
3.
Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar
– alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.


33 
Bu qonun bozor iqtisodiyotining eng yuqori cho‘qqisi bo‘lgan “kapitalizm” 
deb atalmish taraqqiyot bosqichining maxsus iqtisodiy qonunidir. Aralash 
iqtisodiyotga o‘tishi bilan bu qonun so‘na boshlaydi. Iqtisodiy qonunlarning 
yuqorida sanab o‘tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun quyidagi shartli 
rasmdan foydalanamiz (1.3-rasm). 
1
2 3
4 5 … va hokazo
1.3-rasm
. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi 
Rasmdan ko‘rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni 
bosib o‘tib, ular 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida 
ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun 
alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy 
qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning rasmda 3 ta) bosqichi uchun 
tegishli bo‘ladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati 
taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning hammasida amal qiladi. 
Masalan, takror ishlab chiqarish qonuni, mehnat unumdorligining o‘sib borish 
qonuni va hokazo. 
Iqtisodiy qonunlarning har qaysisi o‘zicha amal qilmaydi, balki ular bir-birlari 
bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladi, ularning biri ikkinchisini taqozo etadi. 
Shuning uchun ularni birgalikda iqtisodiy qonunlar tizimi deb yuritiladi. Iqtisodiy 
qonunlar yoki ularning tizimi o‘zgarmas narsa emas, balki ular ma’lum bir tarixiy 
sharoitda vujudga keladi, rivojlanadi va ma’lum sharoitda yo‘q bo‘lib ketadi. 
Masalan, qiymat qonuni, talab va taklif qonunlari, natural ishlab chiqarish davrida 
amal qilmagan. Tovar ishlab chiqarish va pul orqali ayriboshlash rivojlangan 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin