32
ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani
talaba yoshlarga ishlab
chiqarilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning inson mehnatining
mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash
ruhida tarbiyalaydi.
1.4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy
qonunlar va kategoriyalarni ham o‘rganadi.
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Masalan,
qiymat qonuni
turli tovarlar o‘rtasidagi ekvivalentlikni, o‘lchovdoshlik kabi aloqalarni ifodalaydi.
Talab qonuni esa, talab bilan baho o‘rtasidagi aloqadorlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi,
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga,
ularning
xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga
turkumlaydi:
Dostları ilə paylaş: