Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning echimi 
juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil 
fikrlar bildirib kelmoqdalar. Masalan, Aristotel bu fanga uy xo‘jaligini boshqarish 
qonunlari to‘g‘risidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz 
klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to‘g‘risidagi, uning manbalari va 
ko‘paytirish yo‘llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 
iste’mol qilish to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq 
xo‘jaligi, ijtimoiy xo‘jalik to‘g‘risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar 
iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va 
ayirboshlashni boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall 
esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, 
jamiyatning me’yordagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator 
darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish 
jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishdan iborat, 
deb ko‘rsatilgan edi. 
AQSh va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» 
darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu 


29 
fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida 
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish
kishilarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan va hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida 
chop etilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti 
bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar berilmoqda (1.1-jadval). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin