Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

marksizm
deb nomlangan nazariy yo‘nalish o‘zlarining 
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga 
kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni 
hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik yuritishning 
bozor tizimi to‘g‘risidagi 
marjinalizm
deb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. U 
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘nggi qo‘shilgan degan ma’noni beradi. Uning 
asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer, 
Bem-Baverk va b.) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining, 
qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan 
nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‘lgan 
talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng 
qo‘llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi 
neoklassik
, ya’ni yangi klassik 
deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u 
iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini ishlab 
chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va 
taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyandalaridan biri 
shveysariyalik iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat 
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.Shumpeter «Iqtisodiy 
taraqqiyot nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki 
kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko‘rsatishga 
harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik 
degan xulosaga keldi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin