Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari



Yüklə 21,3 Kb.
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü21,3 Kb.
#114143
  1   2   3   4
samandar


IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA YO’NALISHLARI
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism

  • Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiy faoliyat.

  • Ehtiyoj uning tarkibi va turlari. Ehtiyojlarning cheksizligi va yuksalib borish qonuni.

  • Iqtisodiy resurslar, uning turlari va cheklanganligi.

3.Xulosa
4.Foydalangan adabiyotlar

Kirish
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tuzilishi, yer osti boyliklarining mik, dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida „Ekonomiks“, „Ekonomika“ va „Siyosiy iqtisod“ nomlari bilan, MDH mamlakatlarida „Iqtisodiyot nazariyasi“ nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda „Iqtisodiy bilim asoslari“ sifatida maktablarda, „Iqtisodiyot asoslari“ sifatida kollej va akademik litseylarda va „Iqtisodiyot nazariyasi“ sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boʻlib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va isteʼmol qilinishi jarayonlarini oʻrganadi.Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obyektiv sharoit taqozo etadi; iqtisodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi.



Yüklə 21,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin