49
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon,
J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib,
prof. V.D.Kamaev o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham —
kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»
1
deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin,
V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalarning
rahbarligida nashr
etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi.
Lekin, Amerika va
Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim
adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida
qo‘llaniladigan
moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-
uskunalar, inshootlar,
zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa
shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan
ko‘rinib
turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial
mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish
omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. Iqtisodchilarning
ayrimlari esa
kapitalni bir tomonlama qarab, uning qiymat tarafini e’tiborga olmasdan faqat
moddiy ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar va kapital tushunchasining tarixiyligini
e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuning uchun ham
ular uni qotib qolgan doimiy,
o‘zgarmas tushuncha deb ishlab chiqarish vositalarini (uning faqat moddiy-
ashyoviy tomonini hisobga olib) kapital deb ataydilar. Biz bu kapital tushunchasiga
bo‘lgan ikki tomonlama yondashuvni bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning,
ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy
ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga olamiz
va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz.
Biz kapital deganda
yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib, o‘z egalariga daromad, foyda
keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning
hamma sohalarida
qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi
vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini, ularning
ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda,
1
Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб.
и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, стр. 217.