45
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan
faol investitsiya siyosatini olib borish”
1
vazifasi qo‘yilgani muammoning
jiddiyligidan dalolat beradi.
Biroq, bugungi kunda Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy
ishlar, risolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishlab
chiqarish jarayonining
mazmun-mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir
tomondan, ko‘pgina o‘quvchi yoshlarning, jumladan, talabalarning mahsulotlar
(tovarlar va xizmatlar) qayerda, kimning mehnati bilan,
kim tomonidan, qanday
ishlab chiqarilishini, uni qanday rivojlantirishni, shu sohalarda kishilarning ter
to‘kib qilayotgan mehnatlarining ahamiyatini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi
tomondan, iqtisodiyotga qiziquvchi va u bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilarning
butun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab
chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo‘ladi,
uchinchidan esa,
butun jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy inqirozlarning tub sababini
tushunmaslikka olib keladi. Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
o‘zining turlari, sifati, hajmi bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi
pul agregati ya’ni pul miqdori bilan tovarlar va xizmatlar hajmi, turlari va sifati
o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarishni
rivojlantirish esa bunday inqirozlarning oldini olish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari,
uning infratuzilmasi va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan iqtisodiy
munosabatlar va muammolar bayoni beriladi. Ishlab chiqarishning omillari va
infratuzilmasi tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi, uning natijalari va
samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni ham yoritiladi va «ishlab chiqarish
imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, AQSh, Yevropa va
Rosiiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan keyingi qo‘shilgan mahsulot nafliligi
va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining
pasayib borish qonuni kabi g‘oyalar
bilan tanishtiriladi, ularning kamchilik jihatlari
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “o‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.
46
ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har
taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlarni modernizatsiyalash, tarkibiy jihatdan
o‘zgartirish,
diversifikatsiyalash
hamda
muvozanatli
va
mutanosibli
rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning
yoki uning oldini olishning
muhim yo‘li sifatida qaraladi. Undan tashqari, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz
Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasining mazmuniga, unda belgilangan
ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish vazifalarini, ularni amalga oshirishning
natijalarini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: