Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishlab chiqarish omillari va infratuzilmasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.1. Ishlab chiqarish omillari va infratuzilmasi 
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, 
ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar 
ishlab chiqarish omillari deyiladi.
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy 
nazar ishlab chiqarish sodir bo‘lishi uchun uchta omil: ishchi kuchi, mehnat 
qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish 
omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi resurslarni oladi. Misol 
uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblangan pul resurslari 
iste’mol mollari zahiralari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi 
sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining 
mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ularning har biriga alohida ta’rif berib 
o‘tamiz. 
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi.
Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega 
bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning 
mehnati ham emas, uning mehnatga bo‘lgan qobiliyatidan iboratdir. 


47 
Mehnat qurollari
deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat 
predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. 
Bularga turli xildagi 
mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol 
keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari
esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir.
Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar 
mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda 
tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni 
xomashyo bo‘lishi mumkin. Masalan, tabiatda o‘sib turgan turli xil o‘simliklar, 
daraxtlar, o‘rmonlar, yer osti boyliklari va boshqalar tabiatda tayyor uchraydigan 
mehnat predmeti bo‘lsa, qazib olingan temir, mis, qo‘rg‘oshin, neft, ishlab 
chiqarilgan paxta g‘alla sut kabi maxsulotlar inson mehnati ishlovidan ishlovidan 
o‘tgan xomashyolardir. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin