Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish ikki tomonlama



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish ikki tomonlama 
xususiyatga ega bo‘lib, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish 
va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning 


58 
sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda
qiymatning o‘sish jarayonidir. 
Bu ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama 
xususiyatidir.
 
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik 
paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy 
vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish 
haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni 
tadbirkor foyda sifatida oladigan bo‘lsa, yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. 
so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi yaratilgan qiymat 6 mln.so‘mni 
tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi yaratilgan qiymat deb 
hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko‘payib 20 mln. so‘mga etadi. Bu 20 mln. so‘m ham 
naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi. 
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, 
energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan 
qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 
mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama 
tabiatini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2.4-rasm). 
2.4-rasm. 
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati
Ishchi kuchi va
ishlab chiqarish 
vositalari
(natural shakllari) 
Qiymatning o‘sish 
jarayoni 
Kapital: ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi 
kuchi qiymati 
Ishlab chiqarish
omillari 
Natija: 
tovar va xizmatlar 
Istе'mol qiymati, 
ya'ni nafliligi 
Ishlab chiqarish jarayoni 
Mеhnat jarayoni yoki 
naflilikning yaratilishi 
va ko‘payishi jarayoni 
O‘tkazilgan va 
yangidan 
yaratilgan qiymat 


59 
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning 
mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali 
tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish 
jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan 
holda, qancha qiymatga ega bo‘lsa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab 
chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning 
oxirida qiymat oshiqcha bo‘lib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan yaratilgan 
yangi qiymat evaziga sodir bo‘ladi. Yangi qiymat faqat ishchi kuchi tomonidan 
jonli abstrakt mehnat bilan yaratiladi. 
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning 
tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eyilgan (iste’mol qilingan) qismi 
qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar 
(masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tuproq unumdorligi, quyosh 
va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning nafliligini 
hosil qilishda omil sifatida to‘liq qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, 
uning ko‘payishida umuman qatnashmaydi (2.5-rasm).

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin