57
soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir.
Shuning uchun
ular o‘rtasida doimo tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib
turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har qanday
mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat
mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol
qiymatiga, ya’ni ma’lum bir
naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum
miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-
birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq
to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning
pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi
cheklangan
resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan,
uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida,
ko‘payishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni
hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning
o‘sish jarayoni hisoblanadi,
uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni
nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda
iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini
ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning
manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki
unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum
miqdorda foyda
olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega
bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, naflilikni yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: