«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ma’lum foyda olish
maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan,
yollanma ishchi kuchi tomonidan harakatga keltiriladigan
vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer
deganda tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon,
qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.
Ma’lumki, keyingi
vaqtlarda quyoshdan, shamoldan energiya olinmoqda, havodan foydalanilmoqda.
Shularni hisobga olgshan holda yer degan so‘z o‘rniga tabiat so‘zini ishlatsak
to‘g‘ri bo‘lar deb o‘ylaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri
tadbirkorlik qobiliyatidir.
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-
biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi,
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan
kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb
yuritiladi.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, “Faol
tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or
texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir”
1
.
Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham
alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular tabiat va kapital
omillarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga
hojat yo‘q.
Ishlab chiqarish omillari hech qachon bir joyda qotib turmaydi, balki doimo
rivojlanib o‘sib boradi. Ishlab chiqarish vositalari ham, ishchi kuchi ham doimo
harakatda, rivojlanishda bo‘ladi. Ilgarigi oddiy omoch-bo‘yintiriqqa, bolg‘a va
boltaga asoslangan ishlab chiqarishdan hozirgi zamon avtomatlashgan ishlab
chiqarishgacha kelish fikrimizning dalilidir.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq s o‘zi
gazеtasi, 2018 yil 23 dеkabr.
51
Ishlab chiqarish jarayonining sodir bo‘lishi uchun uning omillari bilan bir
qatorda infratuzilmasi ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishi zarur. Chunki, shu
infratuzilma bo‘lmagan, rivojlanmagan joyda ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishning ko‘pgina turlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ular
bir-biriga mos ravishda rivojlanib borishi zarur.
Milliy iqtisodiyotining taraqqiy etishida ishlab chiqarish infratuzilmasining
roli hisobga olingan holda uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmun-
mohiyatini
chuqurroq
tushunishni
hamda
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
ta’minlashdagi o‘rnini aniqlab olishni taqozo etadi.
“Infratuzilma” tushunchasi lotincha “infra” – quyi, osti va “struktura” –
tuzilma so‘zlaridan paydo bo‘lgan (ya’ni, “ostki tuzilma” yoki “qo‘shimcha”
ma’nosida talqin qilish mumkin). XX asr boshlarida bu atama orqali qurolli
kuchlarning harakatini ta’minlovchi front orti inshootlar majmui ifodalangan
(moddiy vositalar omborlari, harbiy bazalar, poligonlar va h.k.). 40-yillarning
o‘rtalaridan boshlab mazkur tushuncha g‘arb iqtisodiy fanidan boshlab amaliy
iqtisodiyotga kirib keldi. U orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga
xizmat qiluvchi xo‘jalik tarmoqlari majmui tushunila boshlandi
1
.
Yuqoridagi bir qator fikr-mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, ishlab
chiqarish infratuzilmasi deganda asosiy ishlab chiqarish sohasiga xizmat qiluvchi,
ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning normal amal qilishi uchun zarur bo‘lgan
umumiy shart-sharoitlarni yaratuvchi va ta’minlovchi obyektlar majmuini
tushuniladi.
Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish infratuzilmasining tabiati asosiy ishlab
chiqarishga yordamchi xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlarni muntazam ajratib
borish hamda tarmoqdagi alohida korxonalar ko‘rinishida tashkil etish orqali
namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari asosiy ishlab
chiqarishga nisbatan ikkilamchi darajani namoyon etib, o‘z taraqqiyotida doimo
tovar ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ishlab
chiqarish infratuzilmasi iqtisodiy tizimda takror ishlab chiqarish barcha
1
Комаров М.П. Инфраструктура регионов мира. – М., 2006. – стр.20.
52
fazalarining (ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol) birligini, uning
uzluksiz amal qilishini ta’minlab, iqtisodiy tizim amal qilishi va rivojlanishining
bevosita va majburiy shartlaridan biriga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni, uning omillari va infratuzilmasining bir-biri bilan
bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini quyidagicha ifoda etish mumkin (2.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |