42
korxonalar,
moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy
munosabatlardan iborat o‘ta murakkab tizim.
Ishlab chiqarish
– kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
Taqsimot
– ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli
qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash
– jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat
turlari yoki ishlab
chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iste’mol
– ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning
ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj
– insonning
yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurat.
Moddiy ehtiyoj
– moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar
vositasida qondiriluvchi
zarurat.
Ma’naviy ehtiyoj
– insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va
ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va
xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni
– ehtiyojlarning
turlari kengayib,
miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi.
Dostları ilə paylaş: