47
Mehnat qurollari
deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat
predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi.
Bularga
turli xildagi
mashinalar, stanoklar, traktorlar,
qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol
keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari
esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalardir.
Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar
mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi.
Mehnat predmetlari tabiatda
tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni
xomashyo bo‘lishi mumkin. Masalan, tabiatda o‘sib turgan turli xil o‘simliklar,
daraxtlar, o‘rmonlar, yer osti boyliklari va boshqalar tabiatda tayyor uchraydigan
mehnat predmeti bo‘lsa,
qazib olingan temir, mis, qo‘rg‘oshin, neft, ishlab
chiqarilgan paxta g‘alla sut kabi maxsulotlar inson mehnati ishlovidan ishlovidan
o‘tgan xomashyolardir.
Dostları ilə paylaş: