40
bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomon birligidan iborat deb qaraladi. Masalan,
tovar qiymati va naflilikning birligidan iborat degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi
va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish
tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin
1
.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda
taqqoslash, statistik,
matematik va grafik usullaridan
keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar
va hodisalarning mazmunini,
ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi.
Xulosalar
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning to‘htovsiz o‘sib borishi va
iqtisodiy resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo‘lini
izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni echish zaruriyati kishilar oldiga
quyidagi muammolarni qo‘yadi:
a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq
ishlab chiqarishga jalb
qilish;
b) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
c) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi
energiya, material,
xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga
jalb qilish, resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish;
d) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi.
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va
unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va
1
Bu usulning nazariy va amaliy jihatlari va uni qo‘llashning ahamiyati проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова
«Инновационние методи в преподавании экономической теории»; Sh.Shodmonov, M.Raxmatov “Iqtisodiyot
nazariyasi” fanining ikki chigal tuguni va uning еchimi. Monografiya. Toshkеnt:
Iqtisodiyot, 2019 yil nomli
kitoblarida batafsil bayon etilgan.
41
qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga
ta’kidlash lozimki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va
doimiy haqiqatga ega deb bo‘lmaydi. Turli-tuman
fikr va qarashlar olamidan
haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy
asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini
ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy qonunlari va
kategoriyalari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u turli ijtimoiy-gumanitar
fanlar bilan
chambarchas bog‘liqdir.
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat
ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy
jarayonlarni to‘g‘ri hal qilib bo‘lmaydi.
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashashi
hamda faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish
mumkin.
7. Iqtisodiyot
nazariyasi fanining bilish, amaliy, uslubiy va g‘oyaviy-
tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan
so‘ng, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik, milliy g‘urur,
yangilikka intilish, tejamkorlik ruhida tarbiyalashda
iqtisodiyot nazariyasi
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: