Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Ishlab chiqarish jarayoni va uning infratuzilmasining bir-biri



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.2-rasm. Ishlab chiqarish jarayoni va uning infratuzilmasining bir-biri 
bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’siri 
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning 
mutanosib va barqaror o‘sishini ta’minlash ko‘p jihatdan ishlab chiqarish 
infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.
Mana shu sabablarga ko‘ra, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida 
umuman infratuzilmani, xususan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga 
alohida e’tibor berilmoqda. 
Shunga 
ko‘ra, 
keyingi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish 
infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal 
Ishlab chiqarish jarayoni 
 
Ishlab chiqarish omillari 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi 
Tabiat
Kapital 
Ishchi kuchi 
Tadbirkorlik qobiliyati 
Transport
Enеrgеtika ta'minoti (elеktr, gaz) 
Aloqa va axborot xizmati 
Suv va yўl xizmati 
Ishlab chiqarish korxonalarining ichki infratuzilmasi: ichki yo‘llar, ombor x
o‘
jaligi, 
rеmont ustaxonasi, kanalizatsiya va boshqa inshootlar 


53 
ravishda rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida 
qaralmoqda.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti va xukumati tomonidan 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mazkur yo‘nalishga infratuzilmaga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar 
strategiyasida “Yo‘l-transport yanada rivojlantirish, iqtisodiy-ijtimoiy soha, 
boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”
1
vazifalari belgilangan. Bunday alohida e’tiborning bir qator sabablari bo‘lib, ular 
quyidagilardan iborat: 
1) infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun 
iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratishi, 
mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida mavjud bo‘lgan boy mineral-
xomashyo resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi; 
2) ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni 
kamaytirishning muhim sharti va omili hisoblanib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
va butun iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishi; 
3) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya 
bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining 
turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi;
4) infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli 
soha hisoblanib, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ishchi kuchi bandligini 
ta’minlash, aholi daromadlari va farovonligini oshirish imkonini berishi va h.k. 
Shunga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarish 
infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal 
ravishda rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida 
qaralmoqda. Jumladan, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal 
rivojlantirishni ta’minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror yuksaltirish 
uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 


54 
Prezidentining 2018 yil 20 iyundagi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal 
amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-3794-
sonli Qarori hamda 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4565-son Qarori asosida “2020-2022 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini 
rivojlantirish dasturi” qabul qilingan. 
Ushbu dastur asosida avtomobil yo‘llari, ko‘priklar hamda yo‘l 
o‘tkazgichlarini va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va 
jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni o‘z ichiga oladi. Dasturni amalga oshirish 
uchun jami 48598,9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyotining 
jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun zamin yaratadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin