keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun
tayyor materiallarga aylantirish,
uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi
birlamchi xomashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni
iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yakuniy bosqichga
qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo‘lmoqda”.
1
Kishilar o‘zlarining ongli, maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat
moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’mol uchun zarur bo‘lgan
mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat
o‘rtasidagi moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama
kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini
oshiradi va ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab
chiqarish
jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq
qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni inson iste’moli uchun o‘zlashtirib
olishdir, inson bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir,
inson hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarishning
tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli
sohalar, bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni
moddiy ishlab chiqarish va 1
I.Karimov. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka
yanada kеng y ko‘l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir” // Xalq so‘zi, 2016 yil 16 yanvar.