70
to‘g‘ri keladi. Eksportning 52 foizini rangli metallar, energiya resurslari va ho‘l
meva tashkil etadi. Bu iqtisodiyotda haligacha tayyor mahsulotga nisbatan xom
ashyo ustunligini ko‘rsatadi.
Import qilinayotgan tovarlarni
yurtimizda ishlab chiqarish, xom ashyoni
tayyor mahsulotga aylantirib sotish darajasi yetarli emas. Xususan, misning atigi
25 foizi mamlakatimizda qayta ishlanib, qolgan qismi xomashyo sifatida eksport
qilinmoqda.
Shuningdek, ruxning 80, molibdenning 99, ipakning 88, terining 60
foizi xom-ashyo tarzida eksport qilinmoqda
1
.
Lekin keyingi yillarda mavjud xom-ashyolardan foydalanib ishlaydigan yangi
ishlab chiqarish korxonalari ko‘plab qurilmoqda. 2020 yilning ohiriga borib
mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega uchta quyosh elektr
stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan”.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda yetakchi bo‘lgan yirik loyihalarni o‘z
muddatida amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, “Navoiyazot” negizida 100 ming tonna polivinilxlorid,
Toshkent
metallurgiya zavodida 500 ming tonna metall prokati, Sho‘rtan gaz-kimyo
majmuasida 744 ming tonna dizel yoqilg‘isi, Toshkent mexanika zavodida maishiy
texnika ishlab chiqarish klasteri, “Kvars”, “Sirdaryo Glass” va “Zarafshon oyna”
korxonalarida oyna ishlab chiqarish loyihalari yiliga 2,5 milliard dollar miqdorida
mahalliylashgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Zafarobod tumanidagi «Huahin Cement Jizzakh» MChJ tomonidan 2019
yilda sement ishlab chiqarish loyihasi uchun qiymati 82,2 mln.AQSh dollar
mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda zavodni qurilishida 500
nafar ishchilar
ishlamoqda. Magistiral yo‘ldan zavodga boradigan yo‘llarga shag‘allar yotqazilib
ta’mirlangan. Xitoydan keltirilgan uskunalarni o‘rnatish, ishlovchilar uchun
yotoqxona va oshxona qurilmoqda, 85 foiz qurilish va ta’mirlash ishlari amalga
oshirilgan.
1
http://uza.uz/oz/politics/sanoatni-rivozhlantirish-b-yicha-vazifalar-belgilab-berildi-02-05-2019
71
Quvvati 1,2 mln.tonnaga teng sement ishlab chiqarish korxonasi joriy yilning
mart oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Korxona ishga tushgach
2020 yilda 1 trln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
1
YaIM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hisoblash
muhim ahamiiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning
tarkibida bo‘lgan hozirgi MDH davlatlarida mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda
vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: