Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Takroriy hisob – bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Takroriy hisob – bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir 
necha texnologik bosqichlardan o‘tishi natijasida oraliq iste’moli deb atalmish 
ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg‘i, material, energiya va h.k.)lar 
qiymatlarining takroran hisobga olinishi. 
Jadvaldagi misolimizdan ko‘rinadiki, 
paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, 
yoqilg‘i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli texnologik 
bosqichlarida qayta-qayta qatnashadi, ularning hisobga olinishi natijasida takroriy 
hisob 930 birlikni tashkil etgan.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini to‘g‘ri baholash, unda takroriy hisobga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish 
lozim. 
Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana 
qayta ishlov berilishi zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan 
tovar va xizmatlardir. 
Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 
birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazyalama oraliq 
mahsulotlar bo‘lib hisoblanadi. Chunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko‘ylak yoki 
kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov 
berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa 
pirovard mahsulot hisoblanadi. Demak, 
pirovard mahsulot – bu ishlab 
chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita 
iste’mol uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir.


73 
Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy 
natijasidan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi. 
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib
takroriy hisobni o‘z ichiga 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin