Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


(qo‘shimcha mahsulot = qo‘shimcha qiymat x mehnatning unumdorlik kuchi)



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

(qo‘shimcha mahsulot = qo‘shimcha qiymat x mehnatning unumdorlik kuchi). 
Shuningdek qo‘shimcha maxsulot bilan qo‘shilgan qiymat o‘rtasida ham tub 
farq mavjuddir. Har bir korxonada va tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat asosiy 
vositalar amortizatsiyasi + ish haqi + yaratilgan qo‘shimcha maxsulot (soliq 
to‘lovlari va foyda)dan iborat bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar qo‘shilgan 
qiymat amortizatsiya, ish haqi va yaratilgan qo‘shimcha maxsulotdan iborat bo‘lsa, 
qo‘shimcha maxsulot uning bir tarkibiy qismidir. Hamma tarmoq va sohalarda 
yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi mamlakatning yalpi ichki maxsulotini 
tashkil etadi. Shunday qilib, qo‘shimcha qiymat, qo‘shilgan qiymat va qo‘shimcha 
maxsulot bir xil (sinonim) tushunchalar emas balki tamomila bir-biridan farq 
qiladigan alohida-alohida iqtisodiy kategoriyalardir. 
Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan qo‘shimcha maxsulot sotilish 
jarayonida korxonaning umumiy foydasiga aylanadi. Bu foydadan davlat soliq 
sifatida, ssuda kapital egalari esa foiz sifatida, yer egalari renta sifatida o‘z 
ulushlarini oladilar. Bu daromad turlari qo‘shimcha maxsulot ning sotilib
dastlabki taqsimlangandan keyingi o‘zgargan shakllaridir. Yuzaki real hayotda 
qo‘shimcha maxsulot yuqoridagi to‘rtta shakllarda namoyon bo‘ladi. Kimki 
iqtisodiy jarayonlarning tub ildizini tushunmasa, bu daromadlarning manbaini
qayerda va kim tomonidan yaratilishini tushunmasdan qolaveradi. Zaruriy va 
qo‘shimcha maxsulotlarning mazmunini tushunishda ularning real hayotdagi 
modifikatsiyalashgan shakllarini bilish muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, zaruriy va 
qo‘shimcha maxsulot ularning bevosita ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘rinishidir. 
Ammo, ular oldi-sotdi va taqsimlash jarayonlaridan o‘tib, o‘z shakllarini 


82 
o‘zgartirib, modifikatsiyalashgan shakl oladilar.
Yangidan yaratilgan sof maxsulotning tarkibi va modifikatsiyalashgan 
shakllari 2.8-rasmda aniqroq tasvirlash mumkin.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin