92
2. Insoniyat zarur ne’matlar iste’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko‘ra, bu
ne’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan
barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – tabiat, kapital,
ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo‘lib, ularning hamjihatlikdagi
xarakati bilan ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-birlariga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o‘zgarishi pirovardida
boshqa omillarning o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab
chiqarish ikki tomonlama
xususiyatga ega bo‘lib, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va
ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar
va mehnatning sarflanishi,
yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish
jarayonidir. Bu ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
5. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo‘ladi,
lekin ular
ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish
vositalarini
harakatga keltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining
yo‘qolib ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o‘tkazadi.
Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi.
5. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va
qiymatga ega bo‘lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik)
va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish
vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo‘linadi. Qiymat tarafidan ham
uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s),
zaruriy
mahsulot qiymati (v) va qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo‘linadi.
7. Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va
iqtisodiyotning universal qonuni deb atalgan qonun – «keyingi qo‘shilgan omil
(qo‘shilgan kapital, qo‘shilgan mehnat) unumdorligining pasayib borish qonuni»
ko‘r-ko‘rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasa, hozirgi zamon
fan-texnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.
93
8. Ishlab chiqarish jarayoni doimo o‘zgarib, takomillashib va kengayib boradi.
Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash,
diversifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o‘zgartirib borish muhim rol o‘ynaydi.
9. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarish samaradorligining
asosiy mezoni foyda hisoblanadi. Bunda foydaning foyda miqdorining xarajatlar
miqdoriga nisbati olinadi.
Dostları ilə paylaş: