89
bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga
sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy
qonun.
Vaqtni
tejash
ijtimoiy
rivojlanishning
iqtisodiy
resurslarini
umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni
tejashga borib taqaladi. Vaqtni tejash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan
mehnatni, ya’ni muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg‘armasi hamda o‘tgan
davrlardagi ish vaqti sarflarining natijasini tejashni o‘z ichiga oladi. Vaqtni tejash
qonuni namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘lib quyidagilar maydonga tushadi:
1)
mehnat unumdorligining o‘sishi;
2)
mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi;
3)
ishlab chiqarish material sig‘imining pasayishi;
4)
xo‘jalik nisbatlarining optimallashuvi.
Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan
biri mehnat unumdorligidir.
Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt
birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab
chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan
vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat
unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak,
mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
V
М
МU
.
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Misol uchun, «A» korxonada 40
kishi mehnat qilib, ular kun davomida 8 ming dona mahsulot ishlab chiqargan
bo‘lsinlar. U holda, bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 200 donani tashkil etadi.
Agar mahsulot soni 10 ming donaga etsa, u holda bir kishi kunida yaratilgan
mahsulot 250
donani tashkil etib, mehnat unumdorligi 125% (250×100/200) ga
oshadi.
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham
foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi
90
evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanadi. Agar
kapital unumdorligini – KU, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K,
mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD, foydani – F deb belgilasak, quyidagi
formulalar hosil bo‘ladi:
К
М
КU
;
К
YaD
КU
;
К
F
КU
.
Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan
tashqari mahsulotning
mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham
qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish
uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va
moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab
chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab,
bir-biri bilan
chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni
ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar
ta’sir qiladi:
1) fan-texnika taraqqiyotni tezlashtirish, energiyalarning xom-ashyo va
materiallarning yangi turlarini topish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab
chiqarishda qo‘llash;
2) tabiiy va iqtisodiy omillarni hisobga olib ishlab chiqarishni ratsional
joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;
3) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish va uning tashkiliy
bo‘g‘inlarini o‘zgartirish;
4) ishlab chiqaruvchilarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirib,
ularning faolligini oshirish;
5) mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi
hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib, ishlab chiqarishga
joriy qilish;
91
6) kishilarning bilim saviyasini,
malakasini oshirish, yetuk ishchi va
mutaxassislar tayyorlash.
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash,
hamma ishga innovatsion yondashish omili hozirgi kunda respublikamiz uchun
dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va
revolyusion shakllari farqlanadi.
Evolyusion
shaklda rivojlanish deganda, FTTning
mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash
asosida rivojlanishi tushuniladi.
Revolyusion
shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-
texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o‘zgarishlar bo‘lib, texnikaning
eng so‘nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo‘llash, prinsipial yangi
texnologik tizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda
rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham ayrim me’yoriy hujjatlarda
va mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ma’ruzalarida iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari asosida
tayyorlangan texnika va texnologiyalar bilan qayta
qurollantirish lozimligini
ta’kidlamoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik
va
texnologik
jihatdan
yangilash,
ishlab
chiqarish,
transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan
faol investitsiya siyosatini olib borish”
1
vazifasi qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: