Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.9-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i 
Tеgirmon, ming dona 

А 
В 
С 

 
W
 
G •


0 1 2 3 4 Non, mln. dona
 









10 


86 
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘idagi har bir nuqta ikki xil mahsulot 
ishlab chiqarishning qandaydir eng ko‘p hajmini ko‘rsatadi. Jamiyat uchun 
mahsulotlarning erishib bo‘ladigan har xil uyg‘unlashuvlaridan tanlab olish 
imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi. 
Non va tegirmon ishlab chiqarishning har xil uyg‘unlashuvini amalga oshirish 
uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslarning to‘la bandligi va ishlab chiqarishning 
to‘liq hajmini ta’minlashi zarur. Non va tegirmonning barcha uyg‘unlashuvi 
ularning eng ko‘p miqdorini ko‘rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali 
foydalanish natijasida olinishi mumkin. Iqtisodiyotda resurslarning to‘la bandligi 
va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun har ikkala mahsulotning 
tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i deb nomlanuvchi 
ABCDE chizig‘ida joylashgan bo‘lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda 
joylashgan har qanday nuqta resurslardan to‘liq foydalanmaslikni anglatadi. 
Masalan, rasmdagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona non va 5 ming donaga 
yaqin tegirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan 
foydalanishning muayyan darajasida, qo‘shimcha resurslarni jalb etmagan holda, 
quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi: 
a) non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tegirmon 
ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish; 
b) tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non 
ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish; 
c) bir vaqtning o‘zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan tashqarida joylashgan har 
qanday nuqtaga (masalan W) resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning
mavjud texnologiyasi darajasida erishib bo‘lmaydi. 
Jamiyat bu mahsulotlar uyg‘unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko‘proq 
tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin