88
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan
kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi.
Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga
qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko‘proq foyda olishga intiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar
mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining
bosh mezoni foyda,
boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot,
sof mahsulot, uchinchilari milliy
daromad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz bu o‘rinda
sanab o‘tilgan fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz,
lekin
shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti
sharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan
foydaning xarajatlarga
nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F)
ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (I) nisbati bilan aniqlanadi,
ya’ni:
%
100
'
I
F
R
,
bu yerda: R’ – foyda normasi;
I – iqtisodiy resurs sarflari.
Misol uchun, A korxonada yil davomida 800 mln. so‘mlik resurs xarajat qilib,
200 mln. so‘m hajmida foyda olingan bo‘lsin. U holda foyda normasi 25%
(200×100/800) ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali masala bo‘lib, bu aytilgan birgina
asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘la ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi.
Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to‘la ifodalashda unda qatnashgan
omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish
darajasini ifodalaydigan
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning manba va usullarini
tavsiflovchi umumiy iqtisodiy qonunlardan biri vaqtni tejash qonuni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: