Maxmudova N. J mushaklar



Yüklə 6,52 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,52 Kb.
#201889
Mushaklar

Maxmudova N.J Mushaklar

Skelet muskullari tayanch- harakatlanish sistemasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l- oyoqlari ma'lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish, ovqatlanish, so'zlash, va hokazo)

Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo'lib, ular tana massasining o'rtacha 40 % ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ul- lanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo'lib, ular tana mas- sasining 50 % ini va undan ko'prog'ini tashkil etadi.

Skelet muskullarining shakli uzun,kalta,keng,rombsimon,trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tishsimon, duksimon, patsimon va yarimpatsimon, ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana bo'ladi. Uzun muskullar qo'l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg'alar orasida, keng muskullar ko'krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og'iz, ko'z atrofida joylashgan. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo'ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan bo'lib, bu parda fassiya deyiladi.

Bo'yin va bosh muskullari. Bo'yin muskullariga bo'yinning teriosti muskuli, to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon muskuli kabilar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta'minlaydi. Bosh muskullari mimika va chaynash muskullariga bo`linadi

Gavda muskullari joylashishiga qarab ko'krak, qorin va orqa muskullaridan iborat.

  • Gavda muskullari joylashishiga qarab ko'krak, qorin va orqa muskullaridan iborat.

Ko'krak qafasi muskullariga ko'krakning katta va kichik muskullari, o'mrovosti muskuli,qovurg'alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i o'rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo'llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.

Ko'krak qafasi muskullariga ko'krakning katta va kichik muskullari, o'mrovosti muskuli,qovurg'alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i o'rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo'llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.

Qorin muskullari qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pog'onasini bukishda, qorin bo'shlig'idagi ichki organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi.

Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon kabi muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pog'onasi va kurak suyagi harakatlarini ta'minlaydi. Ular gavdani rostlab turadi.

Qo'l muskullari yelka kamari va qo'l muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar kiradi. Qo'l muskullari yelka, bilak va qo'l panjasi sohasidagi muskullarga bo'linadi.

Oyoq muskullari son, boldir va oyoq panjasi muskullariga

bo'linadi.

Qo`l va qo`l panjasi muskullari

Oyoqning boldir va panja muskullari

Muskullarning ishlashi

Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari, ya'ni motoneyronlarning har biri o'z tolalari orqali o'nlab va yuzlab muskul tolalari bilan tutashadi. Ular muskul tolasiga ta'sir etib, uni qo'zg'atadi, natijada muskul qisqaradi. Qisqargan muskul harakatlanadi va ish bajaradi. Skelet muskullarining ishi ikki xil bo'-ladi: statik va dinamik. Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim

qismlari ma'lum vaqt davomida zarur bo'lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo'lni oldinga yoki yuqoriga ko'tarib turish, startoldi holati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uning yuqorida ko'rsatilgan zarur va- ziyatlarda ma'lum vaqt saqlanishini ta'minlaydi

Sportchilarning statik va dinamik holati

Muskullarning charchashi

Muskullar charchashining sababi quyidagilardan iborat:

1- uzoq vaqt davomida qo'zg'alish natijasida miyaning muskul ishini boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ularda qo'zg'alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanadi;

2- uzoq vaqt davom etadigan jismoniy ish natijasida muskul tolalaridagi oziq zaxirasi tugab, muskulning ishi uchun zarur bo'lgan energiya tugaydi;

3- qisqa vaqt davomida, ammo katta tezlikda bajarilgan ish jarayonida organizmda kislorod yetishmay qoladi.

Charchash yuzaga kelganda, asta-sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamayadi,ular bora-bora bo'shashib, qisqara olmay qoladi. Natijada harakat susayib, keyin to'xtaydi. Ba'zida charchagan muskul tolalari qisqarib, bo'shasha olmay qoladi, bu muskullarning kontrakturasi deyiladi Ayniqsa, tez yugurgan vaqtda boldir muskullarida shunday holat yuzaga keladi. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug'ullanuvchi odam organizmi yaxshi chiniqqan bo'ladi. Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat, mustahkam bo'lishi, o'z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ularning mustahkam bo'lishiga imkon beradi.

E`tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 6,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin