Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


unumdorlikning pasayib borishi qonuni



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

unumdorlikning pasayib borishi qonuni
degan qonunni kashf qilishgan. 
Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga 
qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib 
ketadi. 
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat 
unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavermaydi. Balki u 
quyidagicha to‘rt holat mavjud bo‘lgan sharoitdagina amal qilishi mumkin: 
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay faqat bir omil to‘xtovsiz 
oshirilganda; 
2) fan-texnika taraqqiy etmay to‘xtab qolganda yoki uning yangiliklari ishlab 
chiqarishga jalb qilinmaganda; 
3) omillar o‘rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda; 


78 
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-ko‘rona 
amalga oshirilganda. 
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi. 
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish 
vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) chegirib tashlansa, qolgan 
qismi sof ichki mahsulot deyiladi.
Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va 
muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning sarf qilingan jonli mehnati bilan 
yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir. 
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi 
bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini 
normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga 
aytiladi.
Bunga kelgusi avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va 
bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi. 
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin