Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

qiymat jihatdan
ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni: 
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 
ishlab chiqarish vositalari 
qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi ammortizatsiya fondi
(AF)

2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga 
tegishli qismi – 
zaruriy mahsulot qiymati
(ZM)

3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va 
jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qismi – 
qo‘shimcha mahsulot qiymati
(QM)
dan 
iboratdir.
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish 
omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik
ishlab chiqarish funksiyasi
deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari – tabiat (N), kapital (K) va ishchi 


75 
kuchi (L)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb 
faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi 
)
,
,
(
L
К
N
f
М

dan iborat bo‘ladi. Bu 
formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har birligi 
evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko‘proq 
mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko‘rsatkich har 
bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot 
hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini oldindan aniqlash 
imkonini beradi. 
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki 
ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish 
mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar 
sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan 
foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil 
o‘lchanadi: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin