Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy 
ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida 
vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan.
Lekin bir ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan hozirgi vaqtda oraliq iste’moli deb 
atalmish xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa 
bosqichlarda va tarmoqlarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, 
mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib 
tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan (2.4-jadval).
2.4-jadval 
Yalpi ichki mahsulotning texnologik bosqichlar bo‘yicha tuzilishi
(shartli raqamlar misolida) 
Izchil 
tarmoqlar 
Oraliq 
maxsulot 
(xomashyo, 
yoqilg‘i) 
Qo‘shilgan qiymat 
Yalpi 
ichki 
mahsu-
lot 
Jami 
ijti-
moiy 
mahsu-
lot 
Amortizatsiya 
Ish haqi 
Soliq va 
to‘lovlar 
Foyda 
Iste’mol qilingan ishlab 
chiqarish vositalari qiymati 
(s) 
Zaruriy 
mahsulot 
(v) 
Qo‘shimcha 
mahsulot
(m) 
Paxta ishlab 
chiqarish 
40 
30 
30 
20 
20 
100 
140 
Paxtani qayta 
ishlash 
140 
40 
50 
25 
30 
145 
285 
To‘qimachilik 
285 
50 
60 
30 
40 
180 
465 
Tikuvchilik 
465 
45 
50 
35 
30 
160 
625 
Jami 
930 
165 
190 
110 
120 
585 
1515 
s=1095 
v=190 
m=230 
585 
1515 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida. 


72 
Jadvaldan ko‘rinadiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki 
mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyosida takror 
hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan 
xomashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan 
qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar 
mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki yaratilgan yalpi 
mahsulotdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, jami ijtimoiy mahsulot yoki yalpi mahsulot 
tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi 
sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin