Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari 
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda 
bo‘lishi va birikishi asosan turli xildagi korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday 
korxonalar sonining o‘sishi va yiriklashuvi ayni paytda iqtisodiyotdagi tovar va 
xizmatlar turlari va hajmining o‘sishidan darak beradi. Jumladan, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini 
ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, 
xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini 
ta’minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida tovar va xizmatlar hajmini bosqichma-
bosqich ko‘paytirishga qaratilgan.
Yuzaki qaraganda, har bir korxonadagi (davlat, xususiy, qo‘shma korxona, 
fermer, dehqon, tomorqa xo‘jaligi) individual ishlab chiqarish mustaqil, bir-biridan 
ajralgan holda amalga oshadiganga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va 
resurslarning uzluksiz oqimida individual ishlab chiqarilgan tovarlar va 
mablag‘larning harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib-chatishib ketadi. Chunki 
alohida olingan individual ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag‘lar, 
mahsulotlarning harakati o‘zaro bog‘langandir. Shu sababli, individual mehnatlar 
va tovarlar harakatining qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami 
yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, 
ijtimoiy ishlab 
chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab 
chiqarishlarning yig‘indisidir.
Har bir individual ishlab chiqarish, uning 
sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo‘lagidir. 
1
“2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy 


69 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin