64
harakatini davom ettiraveradi va u xuddi moddiy buyumlashgan tovarlar qiymati
kabi takror ishlab chiqariladi va jamg‘ariladi. Tovar – “xizmat”ning ushbu qiymati
boshqa tovarlarga ayrboshlanadi, ya’ni xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan
barcha korxona va tashkilotlar o‘z extiyojlari uchun zarur bo‘lgan asosiy va
aylanma vositalar hamda ishchi kuchini o‘z tovar – “xizmat”larini sotishdan
tushgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olishadi. Bundan tashqari, yildan-yilga
ularning pul va boshqa mablag‘lari oshib, ko‘payib boradi. Tovar –
“xizmat”larning ikkiyoqlama tabiatini tushunishning muhimligi shundaki,
xizmatlar yil davomida yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining oshishida, ishlab
chiqarish kuchlarining kengayishida va aholining turli xildagi xizmatlarga bo‘lgan
ehtiyojini qondirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, u mamlakat
statistika tizimi va iqtisodiyotni prognozlashtirishda juda muhim ahamiyatga
egadir.
Xizmatlar sohasining iqtisodiy taraqqiyotdagi salmoqli o‘rnini hisobga olib,
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi yillarda iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakatdagi
ishchi kuchi bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini va turmush sifatini
oshirishning, ehtiyojlarni qondirishning muhim yo‘nalishlari va omillaridan biri
sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar
amalga oshirildi.
Xizmatlar
sohasini
rivojlantirish
dasturining
asosiy
vazifalari
va
yo‘nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2019 yillarda bozor xizmatlari
hajmi bir necha marotabaga oshib, 190,4 trln.so‘mgacha ko‘paydi. Aholi jon
boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 5668,6 ming so‘mni tashkil
etdi (2.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: