34
davrdan boshlab amal qilmoqda. Bir zamonlar kelib,
ishlab chiqarishning tovar
shaklidan boshqa shakliga o‘tilsa, bu qonunlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy
jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy
tushuncha)larni ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriya – barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy
jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-
nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab
topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib,
ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, tovar, pul, bozor, kapital, ishchi kuchi,
iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir.
Iqtisodiy
qonunlar
bilan
iqtisodiy
kategoriyalarning
farqi
shundaki,
birinchisi
iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning
biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy
kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini,
uning
mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng
avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz.
Talab qonuni
orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq
bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini
aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: