27
foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:
milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini
tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga
muvofiq tarzda tashkil
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni
keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri
monetarizm
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy
muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida
inflyatsiyaning vujudga
kelishidir. Ushbu holat stagflyasiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining
asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi
pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar
ishlab chiqarish
jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm
pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos
yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir.
Hozirgi
paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator
yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks»
nomli kitobda
mujassamlashgan bo‘lib, u AQSh, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik
sifatida o‘qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma’lum bo‘lgan P.Samuelson,
R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirda bu
yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot
nazariyasi» deb atala boshladi.
Yuqorida bayon etilgan va boshqa qator nazariyalar taxlili shuni ko‘rsatadiki,
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllangunga qadar bosib o‘tgan yo‘l va unda
vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha
bir-biriga zid va
qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy
maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi.
Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir
tomonlama yondashganligini
28
yoki bo‘lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo‘l
qo‘yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy
guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o‘sha davr real
holatidan kelib chiqqan
bo‘lib, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rinib turadi.
Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning
ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.
Demak, jamiyat o‘z taraqqiyotini belgilashda alohida bir nazariya asiri bo‘lib
qolmasligi kerak, chuqur nazariy taxlil asosida ularning salbiy tomonlarini tashlab
yuborib, ratsional mag‘izlarini olib, ulardan oqilona
foydalangan holda jamiyat
rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: