Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə195/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik «oziqlanishi» mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu
kabi yo‘llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining
bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy rolni o‘ynaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida erdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari klaster, fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi.
Mamlakatimiz miqiyosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4760,4 ming gektarni tashkil qiladi1.
Shunga binoan qishloq xo‘jaligidagi kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda aylanma kapital ham qatnashadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, em-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg‘i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo‘jaligida aylanma kapitalning ko‘pgina qismi hali
tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir xo‘jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdorining yanginaflilikning oshishiga bevosita ko‘payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, qiymatiga qiymat qo‘shmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o‘rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo‘ladi.
Masalan, qishloq xo‘jaligida turli ekinlarni ekib bo‘lingandan to hosil yig‘ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo‘jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo‘lgan kunlar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan foydalanish mavsumiy tavsifga ega bo‘lib, yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g‘alla o‘rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig‘im-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag‘larning sarfi bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi (urug‘lik, em-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
2017 yilda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida muhim ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Chunki ko‘pgina qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘sishga erishildi (13.1-jadval).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin