Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə123/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabilarni misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini — temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement
(asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Misol
tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilayotgan paxta tolasi va ularni shartnoma asosida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta etishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan etishtirilgan paxta xom-ashyosini faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin