Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə15/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish. Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot obyektini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish sur’ati 2015 yilda o‘tgan yilga nisbatan 8 foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o‘sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratib olish va ularni o‘rganish orqali o‘sish sur’atining manba va omillari, uni yanada oshirishning imkoniyatlari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqara olamiz.
Sintez – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab
iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyatiga ularning faliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalarning ilmiy asosga ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ularni umumlashtirish orqali yangi g‘oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning mazmunini, uning nimalar asosida shakllanishini ilmiy asosda ochib berishda qiymatning turli nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanish buning yaqqol dalilidir.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin