Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə34/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (amortizatsiya ajratmalari) chegirib tashlansa, qolgan qismi sof ichki mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning sarf qilingan jonli mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi.
Ishlab chiqarishning tizimi va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulot hajmini ko‘paytirishga xarakat qilinadi. U asosan uch yo‘l bilan – ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Misol uchun korxonada 120 kishi ishlagan bo‘lsa va har bir kishi 10 ming so‘mdan qo‘shimcha maxsulot yaratsa hammasi bo‘lib 1200 ming so‘m qo‘shimcha maxsulot yaratiladi. Agar ishchilar soni 150 kishiga yetkazilsa (150*10ming) 1500 ming so‘m qo‘shimcha maxsulot yaratiladi. Bunda qo‘shimcha ishchilar sonini ko‘paytirish evaziga qo‘shimcha maxsulot ko‘paytirilmoqda. Agar ishchilar soni o‘zgarmasdan 120 kishi xolida qolib ish soati 8 soatdan 10 soatga uzaytirilsa (10*1250 bir soatlik yaratilgan qo‘shimcha maxsulot) bir kunda bir ishchi 12500 so‘m, hamma ishchilar esa (120*12500) 1500 ming qo‘shimcha maxsulot yaratiladi.
Bundan ko‘rinadiki, bu ikki yo‘l bilan qo‘shimcha maxsulotni ko‘paytirish mumkin. Lekin bu ikki yo‘l cheklangan bo‘lib, uzluksiz ravishda ishchilar sonini ko‘paytirib ham, ish kunini uzaytirib ham bo‘lmaydi. Chunki ular cheklangan bo‘lib, ishchilar sonini ko‘paytirish korxonaga qimmatga tushadi, ish kunini uzaytirish esa ishchilar noroziligini keltirib chiqaradi. Demak qo‘shimcha maxsulotni ko‘paytirishning cheksiz bo‘lgan uchinchi yo‘lidan keng foydalanish mumkin. Bu yo‘l ishlab chiqarishda to‘htovsiz ravishda yangi texnikatexnologiyalarni qo‘llash, xom ashyo va energiyalarning yangi turlarini topib, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini ochish bilan mehnat unumdorligini oshirish evaziga zaruriy ish vaqtini kamaytirish va qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirib qo‘shimcha maxsulotni ko‘paytirish mumkin.
Ishchilar sonini ko‘paytirish va ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha maxsulot absolyut (mutloq) qo‘shimcha maxsulot deyiladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin