Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə358/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Jahon xo‘jaligi milliy xo‘jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi.

  2. Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu iqtisodiy aloqalarning jahon miqyosida kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hisoblanadi.

  3. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuv jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Globallashuv jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonining mulkchilik munosabatlarining globallashuvi; kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish; xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi kabi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishining bir tekisda bormasligi; boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi; ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi kabi ziddiyatli tomonlari ham mavjud.

  4. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.

  5. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin.

Jahon bozori o‘zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri milliy xo‘jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi.

  1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishida topadi.


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin