Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə89/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi.

  2. Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bog‘liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.

  3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va

manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.

  1. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.

  2. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.

  3. Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o‘z zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak.

Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin