Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Empirik sotsiologik sotsiologik tadqiqot dasturi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə101/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Empirik sotsiologik sotsiologik tadqiqot dasturi

Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Empirik so‘zi qadimiy yunoncha bo‘lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to‘g‘risida olingan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to‘plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma’lumotlarga aytiladi.
Empirik sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tahlillar asosida mavjud maummoni tahlil qilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har qanday amaliy, nazariy sotsiologik tadqiqotning dastlabki zarur hujjati hisoblanadi. Dastur sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha ishchi farazni tekshirishga qaratilgan, shuningdek tadqiqot bo‘yicha ilmiy faraz, bajariladigan asosiy vazifalari va sotsiologik tadqiqotning metodologik asosi bayonlaridan iborat. Dastur mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilishi annotatsiya deb ataladi.
Har qanday empirik sotsiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish; dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.
Sotsiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Nazariy - metodologik qism.
1.1. Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash.
1.2. Tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash.
1.3. Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
1.4. Tadqiqot predmetining dastlabki taxminiy tahlili.
1.5. Ishchi farazni ishlab chiqish.

2. Amaliy sotsiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi:


2.1. Tadqiqotning umumiy rejasi.
2.2. Asosiy amaliy ish jarayonlari.
2.3. Tanlov ishlari.
2.4. Dastlabki olingan sotsiologik ma’lumotlarni tahlil qilish usullarining tasnifi.
2.5. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo‘nalishlar.

3. Xulosa qismi.
3.1. Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi.
3.2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari (asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat).
Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.
Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko‘tarish muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo‘lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o‘zgartirishdan iborat.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin