Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə106/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
Sotsiologik tadqiqotlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil etish tadqiqotlar jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichning maqsadi natijalarning ma’nosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga keltirishdan iborat. Sotsiologik tadqiqotlarning natijalarini to‘g‘ri izohlab beruvchi qator ilmiy uslubiy echimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir konkret holatda bu narsa bir butun kishilar jamoasi (sotsiologlar, respondentlar, ma’muriyat) ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu sababli gipotezani sinash jarayonida tadqiqotchi ko‘proq real hodisalarga tayanishi, xilma-xil ma’lumotlarni birlashtirishi, empirik materiallardan o‘rganilayotgan ob’ektning zaruriy jihat va xossalarini ajratib berishga intilishi kerak. Sotsiologik tahlilning natijalari tizimlashgan va guruhlarga ajratilgan ko‘rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo‘ladi. Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so‘rovnomalar, blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari surilgan masalalarning echimidir. SHuning uchun bunday tadqiqot hisobotida gipotezalar, tadqiqot vazifalari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar tizimi, axborotlar, boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish bo‘yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab beriladi.
Hisobotga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
- hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha o‘zaro bog‘langan muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va to‘la aks ettirilgan bo‘lishi kerak;
- bajariladigan ishlarning turkumining mantiqiy ketma-ketligi ta’minlangan bo‘lishi kerak;
- hisobotning har bo‘limida tadrijiy bir-birini to‘ldiruvchi ikki qismining o‘zaro mutanosibligini ta’minlash zarur;
- so‘rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalar ilmiy mantiq talablariga binoan tahlil etilishi kerak;
- hisobot texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to‘g‘ri tuzilishi kerak.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin