O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
BR-87 GURUH TALABASI ШOИМOВ АБДУНАБИ
BUХGАLТЕRIYА HISOBINING PREDMETI VA USULLARI
mavzusida yozilgan
REFERAT
Toshkent-2012
MUNDARIJA
Kirish
1.Хo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar3
2. Hisobning predmeti, vazifalari va uning turlari
3. Хo’jalik jarayonlari
4. Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
KIRISH
O’zbekiston
Respublikasining
iqtisodiyoti
bozor
munosabatlarini
erkinlashtirish yo’li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish,
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli -
tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni
rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori
sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana
olmaydi.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir
vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni
talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga
oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda
ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat
kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni
o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda
ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan
yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va
axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida
hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy
maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar,
dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Dostları ilə paylaş: |