Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə2/2
tarix06.07.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#62660
1   2
z1

3. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, XII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev Rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar, asosan, oltindan zarb qilingan, keyinchalik, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to‘lov, muomala vositasiga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bo‘lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo‘qola bordi.
Qog‘oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo‘lib, pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Qog‘oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin.
1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo‘lishi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi natijasida emirilishi;
2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo‘lgan.
3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
Birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko‘rsatiladi. Lekin tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog‘oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan.
Qog‘oz pullar Amerika va evropada XVII- XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan.
Qog‘oz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullarga almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum kurs o‘rnatilgan pul belgilariga aytiladi.
To‘la oltin va kumushdan bo‘lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsa-da, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. SHunday bo‘lsa ham, bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog‘oz pullar bo‘lsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi oltinni o‘zida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bo‘lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan, xolos.
To‘la oltin va kumushdan bo‘lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsa-da, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. SHunday bo‘lsa ham, bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog‘oz pullar bo‘lsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi oltinni o‘zida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bo‘lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan, xolos.
O‘zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog‘oz pullarning tabiati ularning inflyawiyaga moyilligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablariga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining o‘zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi, to‘lov balansining barqarorligi yo‘qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.
Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin