O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI FAKULTET: Iqtisodiyot
GURUH: EK-50
Mustaqil ish Mavzu:Pulning paydo bo’lishi va zarurligi
Tekshirdi: Xodjayeva J
Bajardi: Abduraxmonov Z Madaminov X Maryokubova U
Toshkent-2022 Mavzu: Pulning paydo bo’lishi va zarurligi
REJA: 1. Pul tushunchasi.
2. Pulning paydo bo‘lish sabablari.
3. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi
1. Pul tushunchasi. Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.
2. Pulning paydo bo‘lish sabablari. Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.
2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan, chunki unga xech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. CHunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan holos.
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi.