O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
”Moliya va buxgalteriya hisobi” “Soliqlar va sug’urta ishi” fakulteti kafedrasi
Ro’yxatga olindi № ______ Ro’yxatga olindi № ______
“____” ____________2022 y. “____” ____________2022 y.
Malakaviy amaliyot bo’yicha HISOBOT Amaliyot o’talgan tashkilot nomi: Oltiariq tuman davlat soliq inspeksiyasi
Hisobotni tayyorladi: IV kurs SS-52 guruh talabasi
Abdurashidov Asrorbek
Ilmiy rahbar: ____________________________________________
Hisobot himoya qilingan hay`at a`zolari: _______________________
_______________________
_______________________
Himoya natijasi: “____” ________ “____” ____________2022 y.
Toshkent – 2022
Mundarija Kirish.
1. Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi.
2. Qo’shilgan qiymat solig’i.
3. Aktsiz solig’i.
4. Foyda solig’i.
5. Ijtimoiy soliq.
6. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
7. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i.
8. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
9. Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq.
10. Aylanmadan olinadigan soliq.
11. Maxsus soliq rejimlari.
12. Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot- kommunikatsiya texnologiyalari.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish. Ma’lumki soliqlar budjetning daromad qismiga tushadigan tushumlarning asosiy qismini ta’minlaydi. Respublikamizda olib borilayotgan soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish, ish lab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihoz lashni rag‘batlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va takomillashtirishga qaratilmoqda. Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli ularning faoliyat turi va ko‘lami tobora ortib, aholi bandligini ta’minlovchi muhim sohaga aylanmoqda.
Mamlakatda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma mablag‘lardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini kamaytirish orqali soliq tizimi qayta ko‘rib chiqildi.
Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga erishishda muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhitni shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish imkonini berdi.
Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida islohotlarimizning keyingi bosqichida yangi tahrirdagi Sohq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo'yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqihb, qabul qihnganiigi va joriy etilganligi ta'kidlab o'tildi. «Islohotlarimizning keyingi bosqichida «Tadbirkoriik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida», «Xususiy korxona to'g'risida», «Valutani tartibga solish to'g'risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida», «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi qonunJar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo'yicha qonun huijatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshiralayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo'lib xizmat qilmoqda». 1 Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi.