125
valyuta resurslaridan tejab-tergab
va omilkorlik bilan
foydalanish;
tovarlarni ishlab chiqarishda nafaqat ichki bozor, balki tashqi
bozor ham hisobga olinishi lozim;
bojxona
va
soliq
imtiyozlari
hisobiga
bo‘shayotgan
mablag‘lardan uskunalarni modernizatsiya
qilish va ishlab chiqarish
harajatlarini kamaytirishda foydalanishlari mumkin. Bu esa, o‘z
navbatida,
raqobatbardoshli
eksportbop
mahsulotlarni
ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish maqsadga muvofiq;
tijorat banklari, «O‘zstandart» agentligi hamda manfaatdor
vazirlik va muassasalar tomonidan
xalqaro standartlarga javob
beruvchi sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilishda,
shuningdek, xodimlarni yangi malakalarga o‘qitishda har tomonlama
ko‘mak ko‘rsatadi. Bu esa korxonaning eksport salohiyatini sezilarli
darajada oshiradi.
Hozirda ko‘plab mutaxassis va
ekspertlar tomonidan jahon
moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz
jarayonlarining kuchayishi retsessiya va iqtisodiy pasayishni,
investitsion faollik ko‘lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo
hajmining kamayishi hamda jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir
ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo‘lishi
mumkinligi
e’tirof etilmoqda.
Xususan, 2008-yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiya-
lar oqimi 20% gacha pasayganligi kuzatilgan. 2009-yilda jahon yalpi
ichki mahsulotining pasayishi, bevosita
xorijiy investitsiyalar
ko‘lamining yanada pasayishini kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmi
qariyb 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik
darajasining ortishi bilan bog‘liq jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, jahonning rivojlangan mamlakat-
laridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida o‘sib borishi kuzatilmoqda.
2009-yilda AQSHda ishsizlik darajasi 7,2%, Yaponiyada 4,4%, Buyuk
Britaniyada 6,4%, Germaniyada 8,2% ga o‘sishi kutilmoqda. Bu o‘z-
o‘zidan ijtimoiy transfertlarning ko‘payishi
hisobiga davlat
harajatlarining o‘sishiga olib keladi.
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha
davlat dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni
126
rag‘batlantirish orqali ishlab chiqarish ko‘lamini
kengaytirishga
qaratilgan keskin choralarni ko‘rish masalasini ko‘ndalang qilib
qo‘ymoqda.
Dostları ilə paylaş: