Soliq imtiyozlari, soliq solish bazasi va soliq
stavkalari
Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi
hududiga olib kirish
Quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq
solishdan ozod etiladi:
1)
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda tasdiqlangan normalari
doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
2)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib
kirilayotgan tovarlar;
•
(Davomini Soliq Kodeksidan qarang)
Soliq imtiyozlari, soliq solish bazasi va soliq
stavkalari
Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq
to‘lovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq o‘zi ishlab
chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda
soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga va
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
Soliq imtiyozlari, soliq solish bazasi va soliq
stavkalari
Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan tushum soliq to‘lovchining ushbu tovarlarga
(xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi to‘lov, shu jumladan
qimmatli qog‘ozlar bilan haq to‘lash sifatida olingan barcha
daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida soliq to‘lovchining chet el valyutasida
ifodalangan tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning
242-
moddasida
belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish
bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada
qayta hisoblab chiqiladi.
|