mavjud bo‘lganda soliq summasini hisobga olish uchun
qabul qilish tartibi
Agar soliq to‘lovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod
etiladigan aylanmalarni amalga oshirsa, soliq solinadigan
aylanmaga to‘g‘ri keladigan soliq summasi hisobga olish
uchun qabul qilinadi.
Hisobga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliq summasi soliq
to‘lovchining tanloviga ko‘ra alohida-alohida usulda va (yoki)
mutanosib usulda aniqlanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq
hisobotini taqdim etish tartibi
Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul
qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi
hollarda tuzatish kiritilishi lozim:
1)
tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun
foydalanilganda;
2)
ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular
yo‘qligida esa soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan
ortiqcha yo‘qotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy
ofat, yong‘in, avariya, yo‘l-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar)
munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yo‘qotilishiga nisbatan tatbiq
etilmaydi;
3)
yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda
belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilganda;
4)
soliq to‘lovchi maqomini yo‘qotganda (yoki soliq to‘lashdan ozod qilinganda).
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq
hisobotini taqdim etish tartibi
Dostları ilə paylaş: |