Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning indikativ ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Bunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda amal qiladigan iqtisodiy xavfsizlik mezon ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari tavsiflangan. Kalit so‘zlar: iqtisodiy xavfsizlik, xatar, jamiyat barqarorligi, milliy xavfsizlik, indikativ ko‘rsatkichlar, ekspert baholash, xavfsizlik mezonlari. Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda hech bir iqtisodiyot va jamiyat sub’yekti davlatchalik katta rol o‘ynay olmaydi. Davlatning eng muhim vazifasi jamiyat barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishdan iboratdir. Mamlakatning innovatsion rivojlanishiga o‘tish sharoitda, davlat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun barcha xo‘jalik sub’yektari faoliyatini ilgarigidek direktiv usullar bilan tartibga sola olmaydi.

Bunday jarayonda davlat ushbu maqsadlarda xo‘jalik sub’yektari faoliyatini, iqtisodiyotni, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini asosiy iqtisodiy usullar va vositalar ko‘magida tartibga soladi. Mamlakat iqtisodiy ahvolining yomonlashishiga olib keladigan iqtisodiy xavfsizlikni baholashda indikativ ko‘rsatkichlar asosida hisoblanishi mumkin. Davlatning iqtisodiy xavfsizligini turli xil usullar yordamida baholash mumkin, ammo biz ularni bir necha guruhlar shaklida ifodalaymiz:

1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni kuzatish va ularning eng yuqori ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
2) hududlarni tahdid darajasi bo‘yicha saralashda ekspert baholash usuli;
3) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularning dinamikasi asosida mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini baholash;