Patent, litsenziya, sertifikat olish uchun shartnoma tuzish
Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish.
Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha.
Sanoat mulkini chet elda patentlashning maqsadi va vazifasi.
Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish Patentlash - O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim
fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui.
Mamlakatdagi sanoat mulklarini chel elda patentlashning umumiy maqsadi mamlakatdagi fan va texnika yutuqlaridan patent egasining roziligisiz chet el firmalari foydalanishidan himoya qilishdir:
Sanoat mahsuloti eksport himoyasi. Eksport ob’ektlarida foydalaniladigan sanoat mulklarini muvaffaqiyatli patentlash mazkur ob’ektlarning raqobatbardoshligini oshiradi. Ularga talab oshadi, patent bilan muhofazalangan tovarlarni ancha yuqori narxlarda sotish imkoni yuzaga keladi, valyutasi foydali bo’lgan mamlakat tanlanadi, tashqi bozorda mustahkam o’rin egallanadi.
Chet mamlakatlarga butlovchilarni etkazib berish himoyasi. Patentli sanoat mulklarini mana shunday ob’ektlar uchun mazkur etkazib beruvchilar patent muhofazasini ta’minlaydi.
Sanoat mulklaridan foydalanish uchun litsenziyalar sotish. Litsenzion huquqiy munosabatlar mohiyati shundaki, huquqlar beriladi va litsenzion bitimga kirishuvchi tomonlar — Listenziat (xaridor) va Listenziar (sotuvchi) o’rtasida munosabat yuzaga keladi. Patentlashgan sanoat mulklaridan foydalanish uchun
litsenziya sotish shartnoma (litsenzion shartnoma) asosida rasmiylashtiriladi, unga ko’ra patent egasi listenziatga sanoat mulklaridan foydalanishga ijozat beradi. Mahsulotni eksport qilish xalqaro savdodagi mavjud cheklovlar tufayli foydasiz bo’lib qolgan hollarda litsenzion shartnomadan foydalaniladi.
Patentlarni ayirboshlash. O’zbekiston tashkilotlari va chet el firmalari o’rtasida keng ko’lamdagi ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy shartnomalardan ko’zda tutilishi mumkin. Ayirboshlash majburiy bo’lishi ham mumkin, bunda patent huquqlariga zid kelib qoladi, bunday hol turli talabnomachilarga ikki va undan ortiq patent berilganda, shulardan bitta patent asosiy, boshqalaridan foydalanish uncha bog’liq bo’lmaganda yuzaga chiqadi.
Ishlab chiqarishni blokirovkalash.
Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarning firmalari sanoat mulklarini muayyan tarmoqda ishlab chiqarish rivojining to’xtatish uchun sanoat mulkini patentlashtiradi. Ular patentlashgan sanoat mulkini o’z korxonalarida qo’llamaydilar va boshqa firmalar sanoat mulklaridan belgilangan muddat ichida foydalanishlariga ruxsat bermaydilar.
Sanoat mulklarini chet elda patentlash muallif yoki talabnoma beruvchi tavsiyasi asosida amalga oshiriladi. Sanoat mulklarini patentlash bo’yicha ish olib borayotgan tashkilot patentlashtiruvchi hisoblanadi.
Patentlashtiruvchi tashkilot patent berish uchun talabnoma materiallari, ixtiro uchun boshqa muhofaza hujjatlarini tayyorlashni ta’minlaydi va mazkur sanoat mulklari bo’yicha huquqiy muhofazaga taalluqli keyingi ishlarni amalga oshiradi. Sanoat mulklarini chet elda patentlash uchun materiallarni tayyorlash patentlashtiruvchi tashkilot amalga oshiradi. Mamlakatning patentlash qonunchiligi talablariga muvofiq muhofaza hujjatlari berilishiga talabnoma tuzishda, sanoat mulkini tavsiflarini chet tillarga tarjima qilishda, patentlash uchun patent vakillar savollariga javob tayyorlashda tashkilotlarga yordam ko’rsatish va chet el patent idoralarini qarorlarini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi xo’jalik hisobi asosida bajaradi. Chet eldagi sanoat mulklarini patentlash bo’yicha ishlar O’zbekiston Respublikasi Patent idorasi orqali o’tadi. Bunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlari uchun patent olishga vakolatlangan vazifasini bajaradi, talabnomachi huquqiy tavsifdan hujjatlar (dalolatnoma, berganlik hujjatlari va b.) ni rasmiylashtirishda yordam ko’rsatadi. talabnomani chet elga jo’natadi, chet el patent idorasi bilan (chel eldagi patent olishga patent idorasining ishonchli vakillar orqali) aloqani amalga oshiradi, Patent idorasi qarorlari, patent olishga vakolatlangan Patent idorasining vakillarining so’rovini va tarjimasini ta’minlaydi, bu qaror va so’rovlarga javoblar tayyorlashga, shuningdek mamlakatlar patent ma’muriy, appelyastiya va boshqa idoralarida mamlakat sanoat mulklari bo’yicha ishlar ko’rilishida yordamlashadi.
Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha Chet elda patentlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi.
Patentlashtiruvchi tashkilot, sanoat mulklarini chet elda patentlash to’g’risida qaror qabul qilsa, agar konvensiyaviy ustuvorlik talabnomasi uchun
yoki boshqa vaziyatlarga ko’ra bundan ko’ra istisno va talab etilmasa, sanoat mulk tavsifini (uning tushuntiruvchi chizmasini) tayyorlaydi. Sanoat mulklarini patentlashga mo’ljallanayotgan mamlakatning patent qonunchiligi o’sayotgan talablarga muvofiq tavsif o’zbek va tegishli chet tilida tayyorlanadi. Bu tavsif etarli nusxada ko’paytiriladi va jo’natishdan oldin O’zbekiston Respublikasining Patent idorasida sanoat mulkini tavsifi va chizmalari chet elda patentlash xizmati bilan kelishib olinadi.
Sanoat mulk tavsifi aniq bo’lishi, unda sanoat mulkining mohiyati etarlicha to’liq ochib berilishi, zarur holda, chizmaga va zarur miqdorda misollarni o’z ichiga olishi kerak.
Chet elda patentlash uchun talabnoma materiallarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qiyinchilik sezgan tashkilotlarga zudlik bilan Patent idorasiga murojaat etish tavsiya etiladi.
U uch oylik muddatda bu ishlarni zarur hollarda, mutaxassislarni shuningdek patentlashtiruvchi tashkilot vakillari (sanoat mulk mualliflar) ni jalb iladi. Agar chet elda patentlash uchun tavsiya tayyorlashda unga ilgari patentlashga tavsiya etilmagan patentni ilova qilish zarurati yuzaga kelsa, unda mamlakat Sanoat mulklarini chet elda patentlash tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalarga muvofiq bu sanoat mulklariga ilovalar taqdim etilishi kerak.
Chet elda patentlash uchun tayyorlangan talabnoma materiallarini Patent idorasi kelishib olish uchun patentlashtiruvchi tashkilotga yuboradi, u bir oy ichida mualliflar bilan talabnoma materiallari kelishilganligini ta’minlaydi yoki o’z mulohazalarini bayon etib, Patent idorasiga qaytaradi. Agar tashkilotdan belgilangan muddatda hech qanday ma’lumot kelmasa, Patent idorasi materialni kelishilgan deb hisoblaydi. Har qanday vaziyatda ham talabnoma materiallarini kelishib olish bilan bog’liq ishlar konvenstiya ustuvorligini yo’qotishga sabab bo’lmasligi lozim.
Patentlashtiruvchi tashkilot, maxsus so’rovni kutmay, sanoat mulklarini patentlash haqidagi qarorni olgan kundan boshlab bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Patent idorasiga mualliflar, talabnomachilar, haqidagi barcha ma’lumotlarni ixtironi patentlash bo’yicha chel elda ish olib borish va rasmiylashtirish uchun tadim etadi. O’zbekiston Respublikasi sanoat mulklarini patentlash uchun chet el patent idoralariga talabnomani O’zbekiston Respublikasi Patent idorasiga jo’natadi va ular bilan yozishmalar olib boradi.
Texnika ob’ektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini aniqlash tartibi.
Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasining chet davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent tavsifidagi boshqa masalalar ham yuzaga keladi. Shulardan biri, O’zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotlari (mashina, qurilmalar) ning, shuningdek texnologiya jarayonining patent sofligini aniqlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi korxonalari chiqarayotgan buyumlar uchun patent sofligini ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish bilan bog’liq tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda tashkilotlarining O’zbekiston
Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko’payishi tufayli ham shunday zarurat paydo bo’lmoqda. Patent sofligi - patent egasining huquqiy ob’ekti bilan bog’liq tushuncha. Patent egasi huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, jarima solish, ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi, shunday qoidabuzarlik tufayli ko’rgan zararini qoplashni talab etishi mumkin.
Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir boshqa ob’ektlar qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof bo’lmasa, shu mamlakatda patent sof hisoblanadi.
Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. O’rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi" atamasini moddiy ob’ektlar (mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga loyiq" atamasi esa texnikaviy echimga tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib qolmasligi nazarda tutiladi.
Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo’lgan patentlarga xilof bo’lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan xech bir da’vo bo’lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent olish mumkin bo’lsa, unda bu echim patentga loyiq hisoblanadi.
Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. Shunday qilib, patent sofligi texnika ob’ektining huquqiy xossasi bo’lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi mumkin. Sanoat mulklariga bo’lgan huquqning hududiy tavsifiga ko’ra, qandaydir texnika ob’ekti (buyum) patenti, masalan, AQShda berilgan patent ta’siri ostida bo’lishi mumkin, shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo’lishi mumkin. Patent sofligini aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati bilan ham bog’liq. Buyumlar patent sofligiga ega bo’ladi, garchi ular muddati o’tgan patent ta’siri ostida bo’lsa ham. Patent sofligiga ega bo’lmagan mahsulot, hujjatlarni berish O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari o’z zimmasiga olgan majburiyat buzilishigagina emas, balki moddiy zarar ko’rishga, ayrim jiddiy hollarda tashqi savdo shartnomalari buzilishiga ham olib keladi. Eksportchi mamlakatda sanoat namunasi patenti ta’siri ostida buyum ham patent sofligiga ega bo’lmaydi. Patent sofligini korxonalar—mahsulot ishlab chiqaruvchilar, loyihalash va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan maxsus ekspertiza o’tkazib aniqlanadi. Patent sofligi ekspertizasi (patent soflishni tekshirish) mazkur ob’ekti muayyan mamlakatga (yoki bir necha mamlakatga) sotish (foydalanish) mumkinligini aniqlaydi va bunday sotishni uchinchi shaxs patentga xilof emasligini ta’minlash choralarini belgilaydi. Bu mazkur mamlakatda amal qiluvchi barcha mutlaq huquqni ob’ektga aloqasi bo’lgan patentlarni izlash, ularni tahlil qilish, shuningdek, mazkur ob’ektni tegishli mamlakatga to’sqinsiz sotishga imkon beruvchi vaziyatlarni o’rganishdan iboratdir.
Patent sofligi patent (yangicha nomi aqliy mulk) bo’limlari xodimlarining uslubiy yordamida mazkur ob’ektni bevosita ishlab chiquvchi va uning barcha
o’ziga xosliklarini yaxshi biluvchi konstruktorlar, loyihachilar, texnologlar tomonidan tekshiriladi.
Ob’ektlarni patent sofligini tekshirish quyidagi hollarda o’tkaziladi:
natijasi tayin texnikaviy echim bo’lgan ilmiy-tadqiqot yoki tajriba konstruktorlik ishlari yakunlanganda;
ob’ektlarni ishlab chiqarganda yoki sezilarli darajada takomilashtirilganda;
ob’ektlar loyixalanganida, O’zbekiston Respublikasi xamkorligida qurilayotgan zavodlar, fabrikalar, shaxtalar, elektrostanstiyalar, temir yo’llar va bular uchun butlovchi jihozlar etkazib berishda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xududida qurish mo’ljallanayotgan inshootlar, korxonalar va boshqa kapital qurilish ob’ektlari uchun etkazib berishda;
ob’ektlarni eksporshga etkazib berishda;
O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari texnikaviy xujjatlarni chet elga berishida;
mamlakat ilmiy-texnikaviy yutuqlari uchun chet el firmalariga litsenziyalar sotishda;
yangi standartlar ishlab chiqish va mavjudlarini qayta ko’rib chiqishda;
O’zbekiston Respublikasida yoki chet el yarmarkalarida ob’ektlarni ko’rgazmasini o’tkazishda. Patent sofligi ta’minlash uchun mas’uliyat buyum yoki hujjatlarni ishlab chiqqan korxona va tashkilotlar zimmasidadir. Tarmoqlardagi chetga sotish uchun mo’ljallangan mashinalar, uskunalar, jihozlar, materiallar va texnologik jarayonlar patent sofligini ta’minlashni tashkil etish vazirlik va muassasalarning vazifasiga kiradi. Vazirlik va muassasalarda patent sofligiga tekshirilishi lozim bo’lgan mashina, uskunalar, jihozlar, materiallar va texnologik jarayonlarning ro’yxati tuziladi.
Patent sofligiga tekshirish haqidagi xulosani o’z vaqtida tuzish korxona va tashkilotlarning majburiyatlaridan hisoblanadi. Ana shu xulosalar va boshqa materiallar asosida vazirlik eksportni amalga oshiruvchi tashqi savdo tashkilotlari, shuningdek, asosiy etkazib beruvchilar e’tiboriga, eng avvalo, patent sofligiga ega bo’lmagan mashinalar, uskunalar, jihozlar, hujjatlar va h.k.lar haqidagi ma’lumotni etkazadi. Vazirlik shunday ob’ektlarni etkazib berish mumkinligi, haqida o’z taklifini bildiradi. Biroq, u yoki bu buyumni u yoki bu mamlakatga etkazib berish mumkinligi haqidagi masalani hal etish mutlaqo tashqi savdo tashkilotlar zimmasidadir, ular bu masalani etkazib berishni muayyan shartlari (etkazib berish hajmi, tijorat kon’yukturasi va boshqa shartlar) ga bog’liq holda hal etadilar.
Chet elga texnika ob’ektini etkazib berish uchun, buyurtma tashqi savdo birlashmalari yoki bosh etkazib beruvchi, patent sofligiga ega bo’lmagan shunday ob’ektni oluvchi mamlakatga, etkazib berish haqidagi qarorni qabul qiladi va mazkur holda chet elda mazkur ob’ektni sotishda uchinchi shaxs patentiga xiloflik mumkinligi bilan bog’liq oqibat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan barcha mahsulotlarga nisbatan tekshiruv va patent sofligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni xorijlik talabnomachilarga beriladigan mamlakatimizda amal qiluvchi patentlar miqdori oshganligi, O’zbekiston Respublikasida patent egalari foydalanadigan huquqlar
bilangina emas, balki O’zbekiston Respublikasida foydalanish uchun mo’ljallangan mahsulot ob’ekti bilan ham tushuntirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi patent egasining huquqi buzilgan taqdirda uning da’vosi ko’lami chiqarilgan mahsulot hajmi va qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Patent sofligining ekspertiza uslubiga eng umumiy tarzda to’xtalib o’tamiz. Odatda, ob’ektlarning patent sofligini aniqlash ekspertizasi bo’yicha barcha ishlar uch bosqichga bo’linadi: birinchisi, bo’lajak ekspertiza rejasini shakllantirish; ikkinchisi, patentlarni izlash, ularni o’rganish va taxlil qilish; uchinchisi, taxlil asosida xulosa chiqarish va tavsiyalar beriluvchi yakuniy bosqich.
Ekspertizaning birinchi bosqichi quyidagi sakkiz qismdan iborat:
Shartni baholash va mazkur ob’ektni samarali tekshirish uslubini tanlash. Buning uchun avvalo quyidagilar aniqlanadi:
tekshiruv ob’ekti o’zi nimadan iborat;
agar gap eksport haqida yoki texnikaviy yordam ko’rsatish va boshqa xususida bo’lsa barcha, bitim-shartlari qanday bo’ladi;
Qaysi mamlakatga nisbatan tekshiruv o’tkazilayotgan bo’lsa, o’sha mamlakat patent qonunchiligining o’ziga xos tomonlarini o’rganish. Tegishli mamlakatda qanday qonun amaldaligi, bu mamlakatda qanday ob’ektga patent berilmaydi, yangilikka qanday talab qo’yiladi, patent amal qilish muddati aniqlanadi.
Patent sofligiga tekshiriladigan texnikaviy echimni tanlash. Patent fondi bo’yicha qanday echim tekshirishni talab etadi, qanday, ob’ekt uchun ahamiyatliligiga qaramay, o’zlariga ma’lum bo’lgani tufayli tekshiruvga ehtiyoj yo’qligini aniqlash lozim.
Patent sofligiga tekshirish lozim bo’lgan butlovchi buyumlarni tanlash.
Tekshiruvchi ob’ekt uchun texnikaviy xujjatlarni saralash.
Tasnif ruknlarini belgilash. Patent qidiruvi o’tkazilishi lozim bo’lgan xalqaro va milliy sanoat mulklarini tasnif tizimining ruknlari ro’yxatini tuzish zarur.
Patent xujjatlarini tanlash. Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha amaldagi patentlar bilan tanishish imkonini beruvchi patent hujjatlar turini belgilash.
Ekspertiza dasturini shakllantirish va kelishish. Ob’ekt tavsiyasiga bog’liq tarzda hamma ko’rib chiqilgan bosqichlar ham tekshirilavermaydi.
Ekspertizaning ikkinchi bosqichi quyidagi besh qismni o’z ichiga oladi.
Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli patentlarni izlash olib borilayotgan tekshiruvga aloqador bo’lgan mamlakat patent fondidan tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha amaldagi patentlar aniqlanadi.
Keyingi tadqiqot uchun patentlarni mukammallashtirish va saralash. Mukammallashtirish turli belgilar bo’yicha amalga oshiriladi, ular o’z kuchini yo’qotdimi yo’qmi tekshiriladi.
Tanlab olingan patentlarni mufassal taxlil qilish. Ekspertizaning eng mas’uliyatli va murakkab bu bosqichini belgilashdan maqsad tanlangan patentning amaldagi qandaydir belgilari sanoat mulk formulasiga kiritilganlar ta’sir
doirasiga tushishligini aniqlash va ularni tekshirilayotgan ob’ekt belgilari bilan qiyoslashdir.
Patentanalog izlash va uni tahlil qilish. Bu jarayonda mamlakat imkoni bo’yicha tekshirilayotgan ob’ekt patent sofligiga ega emasligi belgilanadi.
Xalaqit beruvchi patentlarni berish qonuniyligi va ular faoliyatini tekshirish, zarur hollarda xalaqit beruvchi patentni rad etish imkoni, uni yaroqsizga chiqarish yoki bekor qilishni aniqlanadi. Masalan, etkazib beriladigan mamlakat A patentga ega. U bizning eksport ob’ektimizga nisbatan patent sofligiga ham ega. Biroq, O’zbekiston Respublikasida berilgan, mazkur sanoat mulkini yoki uning qismini patent singari muhofaza qiluvchi guvohnoma mavjudligi ayon bo’ladi. Ustiga-ustak mazkur patent e’lon qilish patent Austuvorligi sanasidan avval amalga oshirilgan. Bunday paytda patent A to’liq yoki qisman noto’g’ri berilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Malakali tekshirishdan so’ng patent Ashunday patentga mos kelganligi uchun, agar patent egasi o’z da’vosini qoniqtirishlikni qat’iy talab etsa, patent berilgan mamlakatda uni rad etish masalasini qo’yish mumkin. Bunda, yana shuni e’tiborga olish kerakki, hamma vaqt ham berilgan patent bekor qilishlik jarayonini o’zaga ma’qul kelavermaydi. Ba’zan patentni rad etmagan holda patent egasi bilan kelishish ham maqsadga muvofiq.
Ekspertizaning yakuniy bosqichi uch qismni o’z ichiga oladigan ishlar:
Tekshiruv natijalari asosidagi xulosa. Avvalgi bosqichlar barcha qismlari har biri bo’yicha olib borilgan ish natijalarini atroflicha baholash asosida sanoat ob’ekti hamma turlariga nisbatan tekshiruv o’tkazilgan barcha mamlakatlardagi ob’ektlar patent sofligi, haqida xulosa chiqariladi.
Ob’ektdan foydalanish imkoni, odatidagi tavsiyalar. Xalaqit beruvchi patentni chetlab o’tish imkoni ko’rib chiqiladi, litsenziya sotib olish zarurati aniqlanadi va h.k. tadbirlar baholanadi.
Ekspertiza hujjatlari asosida rasmiylashtirish. Ekspert belgilangan shaklda ob’ektni patent sofligini tekshiruvi haqida xulosa chiqaradi va quyidagi ish beruvchi patent formulyarini tuzadi.
Etkazib beriluvchi mamlakatda patent ta’sir doirasiga ayrim konstruktiv echimlar yoki bosha eksport ob’ektini tashkil etuvchi unsurlar kirsa, bu etkazib beriluvchi mamlakatga nisbatan ob’ektni, to’liqligicha, patent sofligidan mahrum etadi.
Ob’ektga taalluqli qurilma, usul, modda yoki ularning ismi patent sofligiga ega bo’lmasa, bunday holda ba’zan ularda patentni chetlab o’tish, ob’ektni patent soflishdan mahrum qilganlarida tegishli o’zgarish kiritish ko’zda tutiladi, ammo sifat yomonlashuviga yo’l qo’yilmaydi. Agar ob’ekt sifatini yomonlashtirmay patentni chetlab o’tish imkoni bo’lmasa, odatda boshqa yo’l tutish tavsiya etiladi, ya’ni patentlashgan qism, detal, usulga litsenziya sotib olishlik taklifi qo’yiladi. Bu mazkur ob’ektni eksport qilishdan boshqasi bilan almashtirish imkoni bo’lmagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Patent formulyari rasmiy hujjat bo’lib, ob’ekt (qurilma, usul va modda) patent sofligidan guvohlik beradi. Mazkur hujjat asosida muayyan ob’ektni chet elga chiqarish mumkinligi masalasi hal etiladi. Unga barcha ishlab chiqilayotgan
ob’ekt (qurilma, usul, modda) ni tashkil etuvchi asosiy unsurlar (qismlar, detallar, usullar, konstrustiyalar) haqida ma’lumotlar kiritiladi.
Mazkur ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki shu buyumni ishlab chiqaruvchi tashkilot va bosh korxona boshqa-boshqa bo’lsa, bunday holda mazkur ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot patent formulyarini yoki uning qismini tegishli tarzda tuzishi shart. Korxona va tashkilotlar eksport ob’ektiga kirgan detal, qism va hokazolarni tayyorlash (ishlab chiqarish) ga buyurtma olgach, eksport ob’ektini chiqaruvchi zavod tayyorlovchiga to’ldirilgan patent formulyarini, buyurtma olgandan so’ng tezda yoki mazkur detal yoxud qismlarni ishlab chiqishni yakunlagach yuborishi shart.
Buyurtma olmagan va boshqa korxonalar eksport ob’ektida foydalanadigan mahsulotni chiqaruvchi korxona va tashkilotlar mazkur korxona va tashkilotlarning talabi bo’yicha patent formulyarini ham olmay yuborishga majbur. Formulyarni tegishli jadvalini to’ldirgandan so’ng tegishli qurilma, usul va modda tekshirilganligi natijasi haqida umumiy xulosa chiqariladi. Ob’ekt qanday mamlakatlarga nisbatan patent sofligiga ega yoki ega emasligi umumiy tarzda ko’rsatiladi.
Patent formulyariga korxonada uni tuzish topshirilgan muhandis, formulyar to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul bo’lgan patent bo’limi muhandisi va bosh muhandis imzo qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasining texnikaviy hamkorligida chet elda qurilayotgan korxona loyihasining patent sofligini ta’minlash ba’zi o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi, zarur hujjatlarning tuzilish tartibi ham ajralib turadi. Bunday hollarda patent sofligini ta’minlash bosh loyihalovchi zimmasiga yuklanadi. Bosh loyihalovchi loyihalanayotgan ob’ektdan foydalanish uchun patent sofligiga ega texnologik jarayonlarni tanlaydi. Loyihalashning ilk davridayoq u loyihalanayotgan zavod kelajakda chiqaradigan mahsulot patent sofligini ham ta’minlashi shart.
Bosh etkazib beruvchini talabi bo’yicha barcha korxona va tashkilotlar loyihaga kiritilgan o’zlari ishlab chiqadigan yoki tayyorlaydigan qurilma (usul)lar patent sofligi to’g’risida ma’lumotni, olmay etkazib berishga majburdirlar. Bu ma’lumotlar formulyardan ko’chirmalarda yoki formulyarning o’zida bo’lishi mumkin.
Butun ob’ektni loyihalash tugagandan so’ng bosh etkazib beruvchi butun ob’ekt patent sofligiga egaligi haqidagi xulosani boshqa bosh etkazib beruvchi vazifasini o’tovchi tashkilotga yuboradi. Bunday holda patent formulyari to’ldirilmaydi.
Ham patentli, ham patentsiz (Nou-Xau), shuningdek aralash holdagi O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy yutuqlarga barcha chet el firmalari tomonidan sotiladigan litsenziyalar ob’ekti barchasining patent sofligi tekshiriladi.
Listenziya ob’ektlari patent sofligini ta’minlash va o’tkazish bosh korxona- litsenziya ob’ektini ishlab chiquvchi zimmasiga yuklanadi. Bunday holda, agar litsenziya ob’ektida boshqa korxonalarda ishlab chiqilgan texnikaviy echim (ham patentlashtirilgan, ham patentlashtirilmagan) mavjud bo’lsa, bosh korxona ulardan shunday texnikaviy echimlar patent sofligi to’g’risidagi ma’lumotni (patent
formulyarini) talab qilish huquqiga ega, zarur holda esa ekspert xulosasini ham talab qila oladi, bular unga haq olmay yuboriladi. Patent sofligini tekshirish litsenziya sotish maqsadga muvofiqligi haqidagi qarorni qabul qilguncha tugallanishi kerak.
Listenziya sotish va sotib olish, ularni hujjat asosida rasmiylashtirish tartibi.
Ichki va tashqi litsenziya va patent bozori barpo etilishi munosabati bilan litsenzion bitim, shartnoma, kontraktlar ishlab chiqarish bo’yicha asosiy qoidalarni egallash va litsenziyaning mo’ljallanayotgan qiymatni hisoblash yuqori darajada dolzarblik kasb etmoqda
Listenziya - sanoat mulki ob’ektlari, nou-xau va boshqa ilmiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanish uchun muayyan to’lov asosida huquqini berishi mumkin. Bularni huquqiy nuqtai nazardan ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh - huquqiy muhofazasi ichki qonunchilik va xalqaro shartnomalar asosida ta’minlanadi. Bular — ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar belgilari. Ikkinchi guruh shunday huquqiy muhofazadan foydalanmaydigan ilmiy-texnikaviy yutuqlarga taalluqlidir. Bular texnikaviy, boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa bilimlar, yangi texnika, jarayon va materiallarni ishlab chiqish, o’zlashtirish va sotish bilan bog’liq tajriba va malakalardir.
Huquqni berishlikdek huquqiy omil litsenzion shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unga muvofiq bir tomon (listenziar) ikkinchi tomon (listenziat) ga shunday vaziyatni - amalda va huquqda - yaratish kerakki, listenziat shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha va ko’lamda muayyan texnikaviy echimni ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishi mumkin bo’lsin, ikkinchi tomoni esa buning uchun tegishli haq to’lashi yoki boshqacha ko’rinishda tovon berishi shart.
Litsenzion shartnoma - listenziar va listenziat o’rtasidagi sodir etilayotgan savdo bitimi bo’yicha huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi texnologik bilimlarni berish va o’zlashtirish xususidagi o’ziga xos savdo munosabatlarini ifodalashning huquqiy shakli. Shuning uchun litsenzion shartnoma tuzishda bitim shartnomasiga qat’iy amal qilish lozim. O’zbekiston Respublikasi majburiyatini bajarmagan tomon, ikkinchi tomon oldida javobgar bo’ladi. Bunday xil bitimlarda keng foydalaniladigan mas’uliyat shakli bo’lib, etkazilgan zararni to’g’ridan- to’g’ri to’lashi shart.
Litsenzion shartnoma bo’yicha beriladigan huquq ko’lamiga bog’liq holda to’liq, mutlaq va mutlaq bo’lmagan litsenziyalar farqlanadi.
To’liq litsenziya - asosan patent litsenziyasi, unga muvofiq listenziar (patent egasi) Listenziatga sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqni hech qanday cheklovlarsiz muhofaza hujjatining amal qilishi uchun olgan butun muddatiga beradi.
Mutlaq litsenziya bo’yicha listenziat ob’ektdan kelishilgan miqyosda foydalanish huquqini oladi. Ko’p hollarda miqyos bitim amal qilish muddati va hudud bo’yicha belgilanadi. Mana shu miqyosda listenziar huquqdan o’zi ham foydalana olmaydi, uni uchinchi shaxsga bera olmaydi.
Sanoat mulkini chet elda patentlashning maqsadi va vazifasi
Sanoat mulki huquqi sohasida shartnoma tuzganda shuni yodda tutish lozimki, bironta ham, bir-biriga o’xshagan bitim bo’lmaydi. Shartnoma mavzui, texnika sohasi, iqtisodiy vaziyat va tomonlar nuqtai nazari muzokaralarda hamisha turlicha bo’ladi, shunga ko’ra muvaffaqiyatli muzokaralar natijasi, ya’ni bitimning kelishilgan matni har biri alohida holda, o’z qiyofasiga ega bo’ladi. Agar, hatto, namunaviy litsenziyaviy bitimlar ro’yxati taklif qilinsada, har bir ayrim hol o’ziga xosligini qamrab ololmaydi.
Qissadan hissa qilib aytish mumkinki, taklif etilayotgan bitimlar tuzilishi barcha litsenziyaviy bitimlar uchun asos qilib olinishni da’vo qilmaydi: majburiy va o’zgarmas emas. Maqsad butunlay boshqa - har qanday litsenziyaviy bitimni tuzishda albatta yuzaga keladigan masalalarga e’tiborni qaratish kerak.
Shunday qilib, quyidagi beriladigan bitim namunalari faqat ayrim bandlarning talqinida bahsga sabab bo’luvchi, hadlashuvchi tomonlar o’rtasida sud jarayonini vujudga keltiruvchi yoki uchinchi shaxsga nisbatan shunday holat sodir qiluvchi sabablarga muzokara davomida yo’l qo’yilmaganini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Tashqi savdo bo’yicha litsenziya. Listenziyalar turi va litsenzion shartnomalarning shartlari.
Hozirgi paytda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy texnologik jarayon sharoitlarida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi uchun litsenziyalar sotish yo’li bilan ilmiy-texnikaviy yutuqlarni ayirboshlashni kengaytirish lozimdir. Listenziyalar sotish odatdagi tovarlarni sotishga qaraganda jadalroq sur’atlar bilan bormoqda.
Patent o’zini xarid qiluvchiga mutlaq litsenziya sharoitida muayyan monopol huquq beradi. Sanoat mulklari, patent bilan muhofazalanganda chet el firmalari uchun ko’proq qiziqish uyg’otadi, chunki bunday vaziyatda sotib olingan litsenziya zarur texnikaviy ma’lumotdan tashqari firmaga buyum ishlab chiqish va sotishda monopol huquq (litsenziyaviy shartnoma doirasida) beradi.
Har qanday holatda ham patent olingan yoki talabnoma berilgan ixtirodan foydalanish huquqi litsenziyaning mavzui bo’lavermaydi. Qanday hollarda patentsiz litsenziya sotish amalga oshiriladi? Shulardan biri — texnikaviy echim atayin patentlashtirilmaganda yoki texnikaviy mohiyat oshkor etilishi tufayli patentlashtirish imkoni qo’ldan chiqarilganda. Shu bilan bir vaqtda boshqa firma mazkur echim ishlab chiqilgan firma tomonidan ko’rsatiladigan texnikaviy yordam va uning ishlab chiqarish tajribasisiz mazkur faoliyatni udalay olmaydi. Ba’zan ishlab chiqarish tajribasini umuman patentlashtirib bo’lmaydi, u patentga loyiq emas.
Oddiy (mutlaq bo’lmagan) litsenziyada Listenziar listenziatga tegishli mahsulotni ishlab chiqarish va sotish huquqini beradi, lekin shu bilan birga xuddi shunday huquqni o’zida ham qoldiradi. Demak, bir necha oddiy litsenziya sotish mumkin, ya’ni bir necha firmaga muayyan buyumni tayyorlash va sotishga ijozat beriladi, bundan tashqari listenziar sanoat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini o’zida saqlaydi. Mutlaq litsenziya bitta shaxsga bitim shartlarida belgilangan hajmda litsenziya ob’ektidan yakka holda (monopol) foydalanish
huquqini beradi. Bunday holda shunday huquqga kim litsenziyani sotib olgan bo’lsa, o’sha ega bo’ladi va endi hech kim, hatto, listenziarning o’zi ham qayd etilgan huquqga ega bo’la olmaydi. Ikki turdagi litsenziyani taqqoslash shuni yaqqol ko’rsatadiki, listenziatga eng ko’p imtiyozni mutlaq litsenziya beradi, chunki boshqa firmalar tomonidan bo’ladigan raqobatni istisno etadi, shuningdek, bitimda belgilangan bozorda tegishli buyumni sotish uchun ko’proq imkon beradi. Ammo, mutlaq litsenziya beradigan huquq turli yo’llar bilan cheklanishi mumkin.
Birinchidan, litsenziya mavzui bir gal faqat buyum ishlab chiqarish bo’lsa, boshqa gal - ham ishlab chiqarish va buyumni sotish bo’lishi mumkin, ko’pincha, amaliyotda keyingisi uchraydi. Ikkinchidan, litsenziya ob’ektidan foydalanishni hududiy cheklash mumkin, ya’ni litsenziya muayyan hududgagina taalluqli bo’ladi. Masalan, franstuz firmasi buyumni ishlab chiqish, uni Franstiyada va boshqa ayrim mamlakatlarda sotish huquqini qo’lga kiritdi. Litsenzion shartnomada bunday paytda firma o’z buyumini sotishi mumkin bo’lgan mamlakatlar ro’yxati to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatiladi. Boshqa mamlakatlar bu huquq doirasidan chetda qoladi. Uchinchidan, miqdoriy cheklov qo’llaniladi. Masalan, firma-listenziar listenziatga buyumni muayyan quvvatga ega uchta korxonada, mahsulot chiqarishning aniq yillik miqdorini belgilagan holda berishi mumkin, ya’ni chiqaruvchi o’sha buyumlar miqdoriga nisbatan cheklov o’rnatiladi, boshqacha aytganda sanoat mulklaridan foydalanish hajmi cheklanadi.
Litsenzion bitimlarning eng oddiylari qanday? Sotuvchi sanoat mulki bo’yicha texnikaviy hujjatlarni berish yoki nou-xau, yoki yordam ko’rsatish uchun mutaxassislar yuborib ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda yordam ko’rsatish majburiyatini oladi. Bu—listenziarning asosiy majburiyati. Listenziat majburiyati esa —litsenziya uchun haq to’lash. Bitimlarda belgilangan minimal hajmlarda sanoat mulkidan foydalanish yoki nou-xau ko’zda tutilishi mumkin, chunki bunday foydalanish litsenziyaga haq to’lash ("royalti" tarzida) uchun asos hisoblanadi.
Listenziyani sotishda, aniq belgilash — litsenziya savdosidagi eng murakkab masala. Tezlanadigan haq, faqat bir yo’la (paushal) to’lov tarzida belgilanishi mumkin.
Ammo, bu - kam uchraydigan hol. Ko’p hollarda haq yillik to’lov tarzida, litsenziya amal qiluvchi butun muddat mobayniga belgilanadi. Bunday to’lov, odatda, tayyorlangan yoki sotilgan har bir yagona buyumdan foiz tarzida ajratiladi (royalti).
Haq mistorini belgilashda quyidagi turli omillar hisobga olinadi: sanoat mulk yoki boshqa texnikaviy yutuqdan foydalanish samarasi qanday, sotuvdan qanday foyda olinadi, buyumni ishlab chiqishda qanday tejamkorlikka erishiladi va shu kabilar.
Listenziya amaliyotida, odatda, aralash tizim qo’llanadi, bunda shartnomaga imzo qo’yishida, yoki u kuchga kirishida boshlang’ich to’lov (paushal to’lov), keyinchalik yillik to’lovlar ko’zda tutiladi.
Listenzshsharni sotish, sotib olish va ayir-boshlash bo’yicha takliflar tayyorlash tartibi.
O’zbekiston Respublikasida chet elga ilmiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanishga litsenziyalar sotish va chet el litsenziyalarini sotib olishga ruxsat
beruvchi tartib o’rnatilgan. Buning mohiyati shundayki maxsus vakolatli idora siymosidagi davlatning ruxsatisiz birorta litsenziya chetga sotilishi va chetdan sotib olinishi mumkin emas. Shunday tartibni joriy etish natijasida davlat litsenziyasidan chet elda foydalanish, davlat manfaatlariga zid kelmasligi ustidan nazoratni o’rnatadi. Nazorat samaradorligiga davlat har bir sanoat mulkiga litsenziya asosida chet elda foydalanishga ruxsat berishi tufayli erishiladi. Bunday litsenziya sotib olishga hamma aloqador, chunki bunday xarid xalq xo’jaligini rivojlantirish muammosini hal etishga ko’maklashishi lozimdir.
Sanoat mulki va boshqa, ilmiy-texnikaviy yutuqlarga litsenziyalar sotish bo’yicha ishlarga rahbarlik, shuningdek, chet el litsenziyalarini sotib olish, hamda chet elda litsenziyalardan foydalanishni nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklangan.
Listenziya sotish va sotib olish bo’yicha taklif tayyorlash xususidagi ishlarning boshqa, o’ziga xos jihati, bu ish rejalashtirilishidadir. Vazirlik va muassasalar, qoidaga ko’ra, litsenziya sotish, haqidagi taklifni tegishli rejaga kiritadi. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejasida "litsenziya sotish" bo’yicha maxsus qism bor. Rejaga kiritish litsenziya sotishga ruxsatni anglatadi. Agar litsenziya sotish masalasi chet elga litsenziya sotish rejasi tuzilgan va tasdiqlangandan so’ng yuzaga kelgan bo’lsa, undan litsenziya sotish haqidagi qaror O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Listenziya sotish bo’yicha ishlar tartibi va injiniring tarzida xizmat ko’rsatish haqidagi yo’riqnomaga ko’ra litsenziyalar sotish haqidagi o’z takliflarini tegishli vazirlik va muassasaga taqdim etuvchi tashkilot va korxonalar o’z takliflariga maxsus materiallar (litsenziya pasporti, patent tadqiqotlari to’g’risidagi hisobot, texnikaviy darajani tavsiflovchi, ob’ekt patentga loyiqligi va patent sofligiga egaligi, ob’ektning texnikaviy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, sanoat mulk tavsifi boshqa muayyan ma’lumotlardan iborat ko’chirma) ni ilova qilishlari lozim.
Bu materiallar bir tomondan u yoki bu yutuqga litsenziya sotish maqsadga muvofiqligini belgilash imkonini bersa, ikkinchi tomondan bo’lajak litsenzion bitimni tayyorlashga ko’maklashadi. Mana shuning uchun ham materiallarni taqdim etishda litsenzion shartnomaning qator shartlari hisobga olinadi. Xususan, litsenziya ob’ektini ishlab chiqish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalash-konstruktorlik ishlariga ketadigan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Litsenzion pasport mavzuiga taalluqli ishni texnikaviy hujjatlar hajmi to’g’risida ma’lumot beriladi, bu hujjatlar kim tomonidan tayyorlanishi va ko’rgazmaga qo’yish uchun namuna tayyorlanishi mumkinligi ma’lum qilinadi, hamda boshqa ma’lumotlar bo’ladi.
Litsenzion pasport — ob’ekt xorijlik xaridorga taklif etilishi mumkinligini ko’rsatuvchi hujjat.
Listenziya sotish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni taqdim etishda tashkilot (korxona) litsenziya mavzuiga kiruvchi, sanoat mulk nomini, sanoat mulki mualliflari, talabnoma raqami, shuningdek, sanoat mulkini patentlashning ahvoli haqidagi ma’lumotni albatta ma’lum qilishi shart.
Texnikaviy hujjatni ishlab chiquvchi tegishli institutlar yoki korxonalar litsenziya sotish haqida taklif kiritgan hollarda patent sofligi ekspertizasini o’tkazadi.
Listenziya ob’ekti samaradorligini oshirishda texnikaviy-iqtisodiy hisob- kitobni tuzish muhim ahamiyatga ega. Unda tayyorlovchi firmalar ko’rsatilgan holda ayni shunday chet el va mamlakat qurilmalari yoki hozirda qo’llanayotgan texnologik jarayonlar xususida qisqacha tahlil beriladi. Texnikaviy-iqtisodiy hisob- kitob texnika ob’ekti yoki texnologiyadan sanoatda foydalanish iqtisodiy samarasini aks ettirishi lozim.
Korxona, tashkilotlarning keyingi majburiyati ob’ektni nimaga mo’ljallanganligi, qo’llanish sohasi, kafolatlangan asosiy ko’rsatkichlarini aks ettirgan holdagi qisqacha texnikaviy tavsifdan iborat reklama materiallarini tayyorlashdan iboratdir.
Materiallar litsenziya ob’ektini reklama qilishi lozim, lekin shu bilan birga ular sanoat mulk mohiyatini ochib qo’ymasligi lozim, aks holda litsenzion bitim qaysidir darajada o’z mohiyatini yo’qotadi.
Chet el firmalari bilan muzokara olib borish uchun zarur hujjatlar litsenziyalarni tijorat asosida sotuvchi tashqi savdo tashkilotlariga beriladi.
Listenziya sotib olish haqidagi takliflarga bir qator talablar qo’yiladi. Tegishli taklif kirituvchi korxona (tashkilot), muayyan ma’lumotlarni berishi lozim, ularni ko’rib chiqishda litsenziyani sotib olish maqsadga muvofiqligi aniqlanishi mumkin.
Listenziya sotib olish haqidagi masalani hal qilish uchun firmani texnikaviy tajribasi qanday miqyosda sotib olinishini belgilash zarur (masalan, texnikaviy yoki texnologik hujjatlar, nou-xau, texnikaviy yordam va boshqalar).
Listenziya sotib olish haqida taklif ishlab chiqayotgan korxona (tashkilot), qator ma’lumotlarni beradi, shular asosida keyinchalik chet el firmasi bilan muzokara olib boriladi. Bular, avvalo, litsenziyani sotib olishda qo’yilishi kerak. Listenziya bo’yicha ishlab chiqarishni o’zlashtirishda chet el mutaxassislarini, ulardan qaysi korxonalarda foydalanilishini ko’rsatgan holda, qabul qilish mumkinligi va zarurligi belgilanadi.
Listenziyani sotib olish maqsadga muvofiqligi masalasini hal etishda ob’ekt texnikaviy darajasini va uning jahon texnika darajasiga mosligini, litsenziya ob’ekti yangiligi va ilg’orligini patent materiallari va sanoat ma’lumotlari bo’yicha aniqlash muhim ahamiyatga molikdir.
Vazirlik va muassasalar, shuningdek ayrim korxonalarning vakillari litsenziyani sotish bo’yicha chet el firmalari va tashkilotlari bilan olib boriladigan boshlang’ich muzokaralarda ishtirok etadilar. Barcha boshlang’ich ishlar tugagandan so’ng tegishli tashqi savdo tashkilotlari litsenzion shartnoma tuzadilar, unda litsenziyani berish shartlari belgilab qo’yiladi.
Listenziyani sotishda O’zbekiston Respublikasida bosh etkazib beruvchi vazifasini vazirlik va muassasalar bajaradi. Tashqi savdo tashkilotlari bosh etkazib beruvchiga buyurtma-topshiri berish huquqiga ega, bosh etkazib beruvchi esa bajarish uchun qabul qilishi lozim.
Vazirlik (muassasa) litsenziya ob’ektini bosh etkazib beruvchi sifatida litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatini bajarishga mas’ul idora vazifasini vazirlik va muassasalar bajaradi. Tashqi savdo tashkilotlari bosh etkazib beruvchiga buyurtma-topshiriq berish huquqiga ega, bosh etkazib beruvchi esa bajarish uchun qabul qilishi lozim.
Vazirlik (muassasa) litsenziya ob’ektini bosh etkazib beruvchi sifatida litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlar sifatli va o’z vaqtida bajarilishi uchun javobgardir, ya’ni: litsenziya mavzui kafolatlangan texnikaviy- iqtisodiy ko’rsatkichlari uchun; shuningdek, litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan tomonlar majburiyati bajarilishi uchun; litsenziya sotib olgan firmaga texnikaviy yordam, texnikaviy hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash va berish bo’yicha; namunalarni etkazib berish bo’yicha; litsenziya sotib olgan korxonaga mutaxassislarni yuborish va chet ellik mutaxassislarni mamlakatimiz korxonalarida o’qitish bo’yicha; litsenziyaning takomillashtirilgan va mavzuini xaridorga berish; patent huquqi va boshqalarni muhofazalashi kerak.
Listenziyani sotib olishda vazirlik va muassasa ishni o’z vaqtida tashkil etish va sotib olingan litsenziyalar bo’yicha mahsulot eksportini kengaytirishni ta’minlashi lozim.